Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Friktsion uzatmalarning afzallik va kamchiliklari


Download 401.88 Kb.
bet27/43
Sana27.01.2023
Hajmi401.88 Kb.
#1132792
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Mexanika

Friktsion uzatmalarning afzallik va kamchiliklari
Fraktsion uzatmalar – vallarga o’rnatilib, bir-biriga siqiladigan disk, tsilindr yoki konuslar orasida xosil bo’ladigan ishqalanish kuchi yordamida bir valdan boshqasiga aylanma harakat uzatadigan mexanik uzatma. Uzatmaning ishga layoqatlilik sharti: F ishq > Ft Bu erda G’ishq - ishqalanish kuchi Ft - aylana kuch.
Afzalliklari: tuzilish sodda va xizmat ko’rsatish oson, shovqinsiz bir tekis aylanadi, ish jarayonida uzatish sonini o’zgartirish mumkin. Kamchiliklari: ish yuzalarining tez va notekis eyilishi, val va tayanchlarga tushadigan siquvchi kuch qiymatining kattaligi, sirpanish xodisasining mavjudligi (E = 0.005 va ch 0.03), f.i.k. ning kichikligi (yopiq friktsion uzatmalarda) H=0.80 x 0.93 ochiq friktsion uzatmalarda n=0.68 ch 0.86 U ish bajaruvchi detallarni bir-biriga siqib turish uchun qo’shimcha moslama kerak bo’lishi.
Tasmali uzatmalarning afzallik va kamchiliklari.
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi etaklovchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Harakat va energiya tasma orqali shkiv bilan tasma orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi, ishqalanish koeffitsenti katta bo’lsa uzatmaga katta nagruzka qo’yish mumkin. Vaqt o’tishi bilan tasma eyiladi va tarangligi kamayadi, bunday xoldan qutilish uchun, xamda qamrov burchagini oshirish maqsadida taranglovchi roliklardan foydalaniladi.
Kamchiliklari: 1. Tashqi o’lchamlari katta; 2. Sirpanish xodisasi bo’lganligi sababli uzatish soni o’zgarmas qiymatga ega emas; 3. Val va tayanchga tushadigan kuch nisbatan kata; 4. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik. (1000-5000 soat oralig’ida). 5. Tasmali uzatmalarda uzatmaning quvvati odatda 50 Kvt, uzatish soni 15 gacha, tezligi 25 m/s bo’ladi. Ayrim xollarda quvvat 1500 kvt, tezligi 100 m/s bo’lishi mumkin. Ishlatilish soxalari: avtomobilsozlik, stanoksozlik, qishloq xo’jalik mashinalari. Tasma ko’ndalang kesimiga ko’ra yassi, pog’onasimon va doira shaklida bo’ladi.


Download 401.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling