Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Friktsion uzatmalarning kinematikasi va hisoblash tartibi


Download 401.88 Kb.
bet43/43
Sana27.01.2023
Hajmi401.88 Kb.
#1132792
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Mexanika

46Friktsion uzatmalarning kinematikasi va hisoblash tartibi
Ishqalanish kuchlari orqali harakatni yetaklovchi valga uzatish uchun qo‘llaniladigan mexanizmlar friksion uzatmalar deyiladi va eng oddiy mana shunday uzatmalar bir-biriga ma’lum kuch vositasida siqilgan ikkita g‘ildirak va tayanchlardan iborat bo‘ladi

16.2-rasm. Friksion tishli uzatma (variator)


G‘ildirak 2 val bo‘ylab ko‘chganda yoki surilganda yetaklanuvchi g‘ildirak 1 dagi dumalash radiusi  gacha (aksincha ham bo‘jishi mumkin) o‘zgarib, uzatishlar nisbatining mos holdagi o‘zga­rishiga, ya`ni pog‘onasiz boshqarilishiga olib keladi.
S - ilashish zahirasi koeffitsienti bo‘lib, kuch uzatmalahrida S=1,2….2,0; ba’zi hollarda esa S=3 deb olinadi. Nobarqaror va o‘ta yuklanganlik holatlarida depsinish bo‘lmasligini kafolatlash uchun bu zahira koeffitsienti kiritiladi.
Friksion uzatmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • Yetaklovchi valning aylana tezliklarini pog‘nasiz o‘zgartirish imkoniyati;

Kamchiliklari esa tubandagilardan tarkib topgan:

  • Dumalash jismlari, vallar va podshipniklarga tushadigan yuklanishning kattaligi;

  • Ishchi dumalash jismlarini siqish uchun maxsus siquvchi moslamalarning qo‘llanilishi ;

  • Dumalash jismlarining sirpanishi bois uzatishlar sonining doimiy emasligi ;

  • O‘ta yuklanishlarda ishchi yuzalarning shikastlanishi hafvi.

Friksion uzatmalar mashinasozlikda nisbatan kam ishlatiladi. Bunga sabab, ular o‘lchamlarining kattaligi, ishonchsizligi va foydali ish koeffitsientining kichikligidir. Asbobsozlikda esa (spidometrlar, taxo­metrlar,magnitofonlar va boshqalar) shovqinsiz va ravon ishlaganligi uchun nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
Download 401.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling