Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Tasmali uzatmalarning turlari va tuzilish
Download 401.88 Kb.
|
Mexanika
22Tasmali uzatmalarning turlari va tuzilish
Tasmali uzatmalar aylanma xarakatni ancha katta (15 m gacha) masofada joylashgan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Tasmali uzatmalar umumiy xolda yetaklovchi (kichik) va yetaklanuvchi (katta) shkivlar, ularga tarang qilib kiydirilgan egiluvchan qism - tasmadan iborat bo‘ladi. Xarakatni uzatish shkivlar va tasma o‘rtasidagi ishqalanish xisobiga amalga oshiriladi, kerakli ishqalanishni taʼminlash uchun tasma doimiy ravishda shkivlarga maʼlum taranglik bilan tortilgan bo‘lishi zarur. Ish davomida tasmaning yeyilishi va cho‘zilishi natijasida kerakli taranglik kamayadi. Tasma tarangligini rostlash shkivlardan birini (ko‘pincha yetaklovchi shkivni) vaqti-vaqti bilan yoki avtomat ravishda (shkiv tayanchiga osilgan qo‘shimcha yuk xisobiga) tashqi tomonga siljitish, xamda uzatmaga qo‘shimcha taranglovchi moslama (masalan taranglovchi rolik) kiritish yordamida oshiriladi. Tasmali uzatmalar bir necha belgi bo‘yicha turlarga bo‘linadi: a) tasmaning ko‘ndalang kesimdagi shakli (profili)ga ko‘ra: yassi, ponasimon, doiraviy, tishli-tasmali; b) shkivlar vallari o‘qlarining o‘zaro joylashishga ko‘ra: parellel, ayqash; v) tasmani taranglash usuliga ko‘ra: shkivlaridan biri davriy ravishda siljitiladigan oddiy, qo‘shimcha moslama yordamida avtomatik ravishda rostlanadigan murakkab. Yassi tasmali uzatmalar odatda tasma tezligi va uzatish masofasi ancha katta (amax = 12...15m ; V = 100 m/s gacha) bo‘lganda; ponasimon tasmalar esa masofa va tezlik kichikroq (amax = 6m; V = 30m/s gacha) bo‘lganda va kattaroq quvvat uzatilganda; doiraviy tasmalar uzatiladigan quvvat kichik bo‘lganda; tishli tasmalar - uzatish nisbati o‘zgarmas bo‘lishi talab etilganida qo‘llaniladi 49Tasma tarmoqlaridagi kuchlar va ularni hisobi 17.3-rasmda tasma tarmoqlarining ikki holatda yuklanishi ko’rsatilgan: T1=0, a) va T1>0, b). Bu yerda: F0-tasmaning dastlabki tarangligi; F1 va F2-yuklangan uzatmada etaklovchi va etaklanuvchi tarmoqlar tarangligi; -uzatmadagi aylana kuch. Shkivning muvozanat shartidan, , yoki . ( F0, F1 va F2 lar orasidagi munosabatni quyidagi asosda o’rnatish mumkin. Tasmaning geometrik uzunligi yuklamaga bog’liq emas va yuklangan uzatmada hamda yuklanmagan uzatmadagi kabi o’zgarmas qoladi. Yetaklovchi tarmoqni qo’shimcha taranglash uchun yetaklanuvchi tarmoqni qisqartirish orqali kompensasiyalanadi. Shunda, , , yoki . (1) tengliklardan, , . (2) Uch noma’lumli ikkita tenglamalar sistemasi olindi: F0, F1, F2. Ushbu tenglamalar yetaklovchi va yetaklanuvchi tarmoqning Ft yuklamaga bog’liqlikda tarangligini o’zgarishini tavsiflaydi, ammo shu yuklamani uzatish qobiliyatini yoki shkiv va tasma orasidagi ishqalanish kuchining qiymatiga bog’liq bo’lgan uzatmaning tortish qobiliyatini ochib bermaydi. Bunday bog’liqlik Eyler tomonidan o’rnatilgan. F - burchak ostidagi kesimda tasmaning tarangligi; - burchak bilan chegaralangan, tasma elementiga shkivning normal reaksiyasi; - elementar ishqalanish kuchi. Muvozanat shartiga ko’ra, yoki ; . Yuqoridagi tenglikdan ikkinchi darajali kichik sonlar chiqarib tashlansa va deb qabul qilinsa, . ni o’rniga qo’yib, . Download 401.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling