Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Download 240.13 Kb.
bet6/16
Sana19.12.2022
Hajmi240.13 Kb.
#1032696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mexanika Javoblar

material xususiyatini detalning ishlash qobiliyati bo‘yicha asosiy
mezon (mustahkamlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalar)ga to‘g‘ri
kelishi;
detal va umuman, mashinaning vazifasi hamda ishlatilishi bilan
bog‘liq talablar (korroziyaga bardoshlilik, friksion xususiyatlar, elektroizolatsiya qilish xususiyatlari va sh.k.);
material tayyorlanuvchanligining konstruksiya shakli va ishlov
berish usuli (shtamplanishi, payvandlanishi, quyilish xususiyatlari, kesib
ishlanuvchanligi va b.q.)ga bog‘liqligi;
materialning narxi va kamyobligi.
Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallarni to‘rt guruhga bo‘lish
mumkin:
qora metallar;
rangli metallar;
metallmas materiallar;
kukunli materiallar.


6.Rezbali birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari.
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.
Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi
Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno.
Mahkamlash-jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo’llanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi,
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga egadir.
Rezbali birikmalarning afzalliklari: yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish sharoitlari uchun rezbali detallar xillarining ko’pligi; yig’ish va ajratishning qulayligi; tannarxining nisbatan pastligi; hamma o’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash jarayonlarining yuqori unumdorligi.
Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy kamchiligi rezbali detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar jamlanishi o’choqlarining mavjudligi tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali detallarni tayyorlash texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir.

Download 240.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling