Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Rezbani tayyorlash usullari


Download 240.13 Kb.
bet7/16
Sana19.12.2022
Hajmi240.13 Kb.
#1032696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Mexanika Javoblar

Rezbani tayyorlash usullari.
1. Metchik yoki plashkalar yordamida rezba kesish. Bu usul kichik ishlab chiqarish uchun xos. Rezba individual ishlab chiqarish va ta’mirlash ishlarida qo’llaniladi.
2. Tokarlik vint kesuvchi dastgohlarda rezba kesish.
3. Maxsus rezba kesuvchi dastgohlarda rezba kesish. Rezba aniqligiga yuqori talab qo’yilgan katta diametrli vintlarni kesish uchun qo’llaniladi (harakat va yuk tashish vintlari, vallardagi rezbalar).
4. Maxsus rezba nakatlovchi avtomat dastgohlarda nakatkalash orqali rezba kesish. Ushbu yuqori unumdorli va arzon usul bilan ko’pchilik standart mahkamlovchi detallar rezbalari tayyorlanadi (boltlar, vintlar). Nakatkalash rezbali detalni puxtalaydi.
5. Detallarda shisha, plastmassa, metallokeramika kabilardan eritib rezba tayyorlash.
6. Jez, plastmassa kabi shtamplangan buyumlarning yupqa devorlarida bosim ostida rezba hosil qilish.


7.Parchin mixli birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari.

Parchin mixli birikmalar bir yoki bir nechta detalni parchin mix vositasida ajralmaydigan qilib biriktirishda hosil qilinadi.


Parchin mix silindrsimon, bir uchiga kallak ko’rinishida rasm berilgan ma’lum uzunlikdagi elementdir. Odatda, parchin mixlar diametri 20 mm dan ortiq bo’lmagan alyuminiy, latun, mis, po’lat simlardan maxsus mashinalarda tayyorlanadi. Parchin mixning ikkinchi uchiga parchin birikma hosil qilish jarayonida parchinlab rasm beriladi. Parchin mixning parchinlanadigan qismi uzunligi taxminan 1 1,5 dP hisobida olinadi. Pulat parchin mixlarning diametri dp12 mm bo’lsa, ular sovuqlayin, dp > 12mm bo’lsa, qizdirilgan holda parchinlanadi. Bu holda ularni qizdirish harorati t = 1000... 1100 oC gacha bo’lishi mumkin. Qizdirib parchinlashda hosil qilinadigan parchin mixli birikma choki sifatli, mustahkam va jips bo’ladi. Rangli metallar va qotishmalardan tayyorlangan parchin mixlar sovuqlayin parchinlanadi. 6.2-rasmda standart po’lat parchin mixlarning rasmlari keltirilgan.
Parchin mixli birikmalarning afzalliklari: birikmaning yuqori ishonchliligi, parchin chok sifatini qulay tekshirish mumkinligi, zarbli va titrashli yuklaiishlarga qarshiligining yuqoriliga, qiyin payvandlanadigan va mutlaqo payvandlanmaydigan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirksh imkoniyati. Кamchiliklari esa quyidagilardan iboratdir: tannarxining nisbatan yuqoriligi va parchin mixli birikmani hosil qilishning bir muncha qiyinligi, materialning ko’proq sarf bo’lishi, murakkab rasmdagi detallarni biriktirishning mumkin emasligi.
Parchin mixli birikmalarni amaliy qo’llash sohalari quyidagi holatlar bilan chegaralanadi:
1) tugal ishlov berilgan detallarni biriktirishda o’z rasmini yo’qotish, payvandlash jarayonida detallarning termik bo’shashish xavfi bo’lganda;
2) payvandlash mumkin bo’lmagan materiallarni biriktirish;




Download 240.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling