Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Download 240.13 Kb.
|
Mexanika Javoblar
10.SHlitsali birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari
Shlisali birikmalar valni detal gupchagaga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlisali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar–shlisalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko’p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba’zan bu birikmalar tishli birikmalar deb ham yuritiladi. Shlisali birikmalar kuyidagicha turlanadi: ko’ndalang kesimidagi profil rasmi bo’yicha; birikmaning o’qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo’yicha; markazlashtirish usuli bo’yicha hamda texnologik belgilari bo’yicha. Profilning rasmi bo’yicha shlisali birikmalar to’g’ri yonli (5.1-rasm), evolventaviy (5.2- rasm), uchburchakli (5.3-rasm) turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’g’ri yonli shlisali birikmalar bo’lib, ular GOST 1139-80 bo’yicha uch seriyada bo’ladi: yengil, tashqi diametri D=26...12O mm.tishlar soni diametriga bog’liq ravishda Z=6,8,10; o’rta D=14...125mm, Z=6.8.10; og’ir D=20...125mm, Z=10,16,20; yengil va o’rta seriya ko’proq qo’llaniladi, og’ir seriyadagi birikmalar yeyilish bo’yicha og’ir sharoitlarda ishlatiladi. Evolventaviy profilli shlisali birikmalar to’g’ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo’ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko’pligi va tishlari asosining kengayishi hisobiga bo’ladi. Кuchlanishining buralishdagi effektiv konsentrasiya koeffisienti 1,5 va ko’proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng. 5.1 - rasm. To’g’ri yonli shlisali birikmalar 11.Uzatmalar, mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar. Mexanik uzatma – dvigatel harakat parametrlarini mashina ijro etuvchi a’zolariga o‘zgartirib uzatadigan mexanizm (9.1-rasm). Dvigatel va ijro etuvchi mexanizm orasiga oraliq zveno sifatida uzatmaning kiritilishi turli vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil va boshqa transport vositalarida tezlik qiymati va harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, yuqoriga ko‘tarilishda va joyidan qo‘zg‘alishda yetakchi g‘ildiraklardagi aylantiruvchi momentni bir necha bor oshirish kerak bo‘ladi. Avtomobil dvigatelining parametrlari bilan buni amalga oshirish mumkin emas, chunki dvigatel burovchi moment va burchak tezligi o‘zgarishining tor oralig‘ida barqaror ishlaydi. Bu oraliqdan chetga chiqilganda dvigatel to‘xtaydi (o‘chib qoladi). Elektrodvigatelni ham avtomobil dvigateliga o‘xshab boshqariladi. Ba’zi hollarda uzatmalar aylanma harakatni ilgarilanma, vintsimon va boshqa turlarga o‘zgartirib beradi. Mashinasozlikda mexanik, elektrik, gidravlik va pnevmatik uzatmalar ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani mexanik uzatmalar. Ular boshqa uzatmalar bilan aralash holda ham qo‘llaniladi. «Mashina detallari» fanida faqat mexanik uzatmalar o‘rganiladi, ular ikki asosiy turga bo‘linadi: harakatni ishqalanish hisobiga uzatadigan (tasmali, friksion uzatmalar); ilashish hisobiga uzatadigan (tishli, chervyakli, zanjirli, vintli) uzatmalar. Uzatmaning asosiy parametrlari quyidagilar. Har bir uzatmada (9.1, b-rasm) ikki asosiy val - kiruvchi - yetaklovchi va chiquvchi - yetaklanuvchi val bo‘ladi. Ko‘p pog‘onali uzatmalarda bu vallar orasida oraliq val joylashadi. Download 240.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling