Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Uzatmaning asosiy xarakteristikalari


Download 240.13 Kb.
bet11/16
Sana19.12.2022
Hajmi240.13 Kb.
#1032696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mexanika Javoblar

Uzatmaning asosiy xarakteristikalari: kirish va chiqishdagi quvvat P1 va P2, kVt; tezyurarlik, kirish va chiqishdagi aylanishlar takroriyligi n1, n2 .., min-1 yoki burchak tezliklari ω1 va ω2 bilan belgilanadi. Bu xarakteristkalar xohlagan uzatmani loyihalovchi hisobini bajarish uchun zarur bo‘ladi.
Asosiylardan tashqari hosil bo‘lgan xarakteristkalar ham ishlatiladi, ular foydali ish koeffitsiyenti va uzatish nisbati.

a - dvigatel, mexanik uzatma; b - mashinaning ijro
etuvchi a’zosining joylashishi.
12.Tishli uzatmalar haqida umumiy ma’lumot.

Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko’lamda ishlatiladi va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadiganlarini uchratish mumkin.


Vallari o’qlarining joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi: vallarining o’qlari o’zaro parallel bo’lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli (10.1-rasm), qiya tishli g’ildirakli tishli uzatmalarga bo’linadi
Afzalligi.

  1. Yuqori yuklanish qobiliyatiga ega;

  2. Umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli;

  3. F.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha);

  4. Uzatish nisbatining doimiyligi;

  5. Sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha yetadi;

  6. Xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin.

Кamchiligi.

  1. Tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;

  2. Кatta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;

  3. Zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi.

  4. Tishning mavjud profillaridan eng ko’p qo’llaniladigani evolventaviy profil bo’lganligidan ushbu profilli tishli g’ildiraklar geometriyasini ko’rib chiqamiz. Odatda, ilashishda bo’lgan bir juft g’ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa g’ildirak deb ataladi. Bordi-yu ilashishdagi ikkala g’ildirak bir xil bo’lsa, u holda yetakchisi shesternya, yetaklanuvchisi g’ildirak deyiladi. Tishli g’ildirak termini umumiydir. Shesternya parametrlarini belgilashda 1 indeksi, g’ildiraklarnikiga esa 2 indeksi qo’yiladi


Download 240.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling