Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Ruxsat etilgan kuchlanish tushunchasi va uni aniqlash
Download 240.13 Kb.
|
Mexanika Javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda
- 16. Parchin mixli birikmalar hisoblash.
15.Ruxsat etilgan kuchlanish tushunchasi va uni aniqlash.
Кuchlanishning eng katta qiymatida detalning mustahkamligi va umrboqiyligi ta’minlangan bo’lsa, bu kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanish deb ataladi va uni tanlash mashinasozliqda katta ahamiyatga molikdir. Bu kuchlanish chegaraviy kuchlanishga asosan tanlanadi (ruxsat etilgan kuchlanish normal va urinma bo’lishi mumkin): bu yerda, [n] - zarur bo’lgan mustahkamlik zahirasi koeffisienti va u hisoblash usuli aniqligiga, loyihaning turiga va mas’uliyatliligiga, yuklanish xarakteriga va boshqalarga bog’liqdir. Chegaraviy kuchlanishlar esa detal materialiga, deformasiya turiga, kuchlanishning vaqt bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq. O’z vazifasini bajarayotgan detalda kuchlanish vaqt bo’yicha qiymati va yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. Boshqacha aytganda, detal vaqt davomida turlicha yuklanadi. Buni kuchlanish davri deb atash mumkin va u eng katta va kichik qiymatlar bilan xarakterlanadi. Mashina detallari ish davomida simmetrik, pulsasiyalanuvchi va o’zgarmas davr (sikl) bilan yuklanishi mumkin. 1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda (1.1-rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi: (1.2) Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi: (1.3) Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi: 16.Parchin mixli birikmalar hisoblash. Parchin mixli birikmalar ishlash sharoitiga binoan uch turga tasniflanadi: mustahkam chokli birikmalar (ko’priklar, fermalar), - birikmaning etarli darajada mustahkam bo’lishi talab etilganda ishlatiladi. Mustahkam – jips chokli birikmalar - katta mexanikaviy kuchlar ostida ishlaydigan va parchin chok germetik bo’lishi talab etilgan (bug’ qozonlari, avtoklavlar, katta bosim ostidagi idishlar) tuzilmalarda qo’llaniladi. Jips chokli birikmalar-birikma faqat germetik bo’lishi zarur bo’lgan hollarda (yoqilga, turli moylar, suv, suyukliklarni saklash uchun ishlatiladigan idishlar) foydalaniladi. Parchin mixli birikmalarni hisoblashda tubandagi soddalashtirishlar qabul qilinadi: 1. Yuklanish barcha parchin mixlarga teng ta’sir etadi deb qaraladi. 2. Teshiklardagi kuchlanishlar jamlanishi e’tiborga olinmaydi. 3. Parchin mix yonbo shidagi va teshikcha devoridagi bosim baravar taqsimlangan deb olinadi. 4. Кesuvchi kuchlanish parchin mixning ko’ndalang kesimida bir tekis, ravon taqsimlangan deb hisoblanadi. 6.3- va 6.4- rasmlarda parchin mixli birikmalarni mustahkamlikka hisoblashga doir rasmlar keltirilgan. Bitta parchin mixga keltirilgan ruxsat etiladigan yuklanish: (6.2) bu yerda: dn -parchin mix diametri; [τ]k -parchin mixni qirquvchi shartli kuchlanish; i -qirqilishlar soni. Markazdan ta’sir qiluvchi yuklanish Ғ da parchin mixlar soni z = nisbati bo’yicha aniqlanadi. Bir qirqimli yoki ko’p qirqimli mustahkam birikmada parchin mixlar ezilishga quyidagi munosabat bo’yicha tekshiriladi: Ғ1 ≤ [σ]ez ·δ·d (6.3) bu yerda: δ -detal qalinligi. Jips choklarni ezilishga tekshirishning hojati yo’q, chunki bo’ylama kuch bu holda birikish yuzasidagi ishqalanish kuchlari orqali qabul qilinadi. Biriktirilayotgan detadlarning cho’zilishga mustahkamlik sharti. (6.4) Po’lat detallarni po’lat parchin mixlar bilan biriktirishda kuyidagi ruxsat etilgan kuchlanishlar qabul qilinadi: Download 240.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling