Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Abitiurientlar uchun juda qulay (Fizikadan ta'riflar.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytronlarning ko’payish koeffitsienti
- Yarim yemirilish davri
- Antizarra
- To’lqin tezligi
- Kerxkovning 1-qonuni
Nurlanish turlari:. 1.Issiqlikdan nurlanish 2.Katodolyuministensiya 3.Elektrolyuministensiya 4.Ximilyuministensiya 5.Fotolyuministensiya 271.Issiqlikdan nurlanish-Qizdirilgan jismlarning nurlanishi issiqlikdan nurlanish deyiladi. Masalan quyosh nurlari ta’sirida nurlanish 272.Katodolyuministensiya-Katod nurlari ta’siridagi nurlanish katodolyuministensiya deyiladi. Masalan katoddan chiqayotgan elektronlar oqimi elektron nur trubkasida harakatlanib ekranning lyuminafor moddasini yorug’lantiradi. 273.Elektrolyuministensiya-Zaryadli zarralar ya’ni ionlar ta’siridagi nurlanish elektrolyuministensiya deyiladi. Masalan qutb yog’dusi misol bo’ladi (Atmosfera ionosfera qatlamining yorug’lanishi) 274.Ximilyuministensiya-Ximiyaviy reaksiyalar natijasida nurlanish ximilyuministensiya deyiladi. Masalan ayrim hashoratlarning qorong’uda yorug’lik chiqarishi. 275.Fotolyuministensiya-Ayrim moddalarning yorug’lik tushishi natijasida o’zidan yorug’lik chiqarishi fotolyuministensiya deyiladi. Masalan ba’zi archa o’yinchoqlarining yaltirashi. 276.Radioaktivlik-Atom yadrolarining o’z-o’zidan spontal nurlanishi radioaktivlik deyiladi. Radioaktiv moddalarning 3 turi bor: 1.
2. nurlar (Elektronlar oqimi) 3. nurlar (O’ta yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlar) nurlar 2 birlik musbat zaryadga va 4 birlik massa soniga ega nurlar 1 birlik manfiy zaryadga ega va massa soniga ega emas. nurlar zaryadga ham massa soniga ham ega emas. nurlarning kiruvchanlik qobilyati o’ta yuqori. va
nurlar zaryadga ega bo’lganligi sababli elektr va magnit maynit maydonlarida o’z yo’nalishini o’zgartiradi. nurlarning zaryadi yo’qligi sababli elektr va magnit maydonlar ta’siriga uchramaydi. yemirilish ta’sirida element sistema boshiga qarab 2 katak siljiydi va massa soni 4 birlik kamayadi. yemirilish ta’sirida element sistema oxiriga qarab 1 katak siljiydi va massa soni o’zgarmaydi. yemirilishda elementning tartib raqami ham massa soni ham o’zgarmaydi. 277.Yadro reaksiyasi-Yadroning boshqa yadrolar bilan yoki elelmentar zarralar bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida o’zgarishlari yadro reaksiyalari deyiladi. 278.Bog’lanish energiyasi-Yadroni boshqa zarralarga ajratish uchun zarur bo’lgan yoki boshqa zarralardan yadro hosil bo’lishida ajralib chiqadigan energiya atom yadrolarining bog’lanish energiyasi deyiladi. 279.Termayadro reaksiyasi-Yengil yadrolarning o’ta yuqori haroratlarda qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan reaksiyalar termayadro reaksiyalari deyiladi. Harorat o’ta yuqori bo’lganligi sababli termayadro reaksiyalarini labaratoriya sharoitida o’tkazib bo’lmaydi. Quyoshda termayadro reaksiyalari davom etmoqda. 280.Zanjiryadro reaksiyasi-Yadroreaksiyasining mahsuli sifatida paydo bo’lgan ayrim elementlarning navbatdagi yadroreaksiyasini amalga oshirishda ishtirok etishi va bu jarayonning uzluksiz davom etishii zanjiryadro
reaksiyasi deyiladi. Zanjiryadro reaksiyasining davomiyligi neytronlarning ko’payish koeffitsientiga bog’liq. 281.Neytronlarning ko’payish koeffitsienti-Keyingi avlod neytronlari sonining oldingi avlod neytronlari soniga nisbati neytronlarning ko’payish koeffitsienti deyiladi. 3 ta holat bo’lishi mumkin: 1. k<1 bo’lganda zanjiryadro reaksiyasi davom etmaydi 2. k=1 bo’lganda zanjiryadro reaksiyasi amalga oshadi 3. k>1 bo’lganda portlash yuz beradi
282.Yadro reaktori-Zanjiryadro reaksiyasi amalga oshadigan qurilma yadro reaktori deyiladi. Yadro reaktorida: yadro yoqilg’isi,neytronlarni yutuvchilar,sekinlatkichlar va issiqlik tashuvchilar mavjud. Yadro yoqilg’isi sifatida o’ran va plutoniy ishlatiladi. Neytronlarni yutuvchilar sifatida kadmiy va bor ishlatiladi. Sekinlatkich sifatida grafit va og’ir suv ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar sifatida suyuq natriy va oddiy suv ishlatiladi. 283.Yarim yemirilish davri-Radioaktiv elementning yarmi yemirilishi uchun ketgan vaqt yarim yemirilish davri deyiladi. 284.Elementar zarra-Boshqa zarralarga bo’linmaydigan eng oddiy massa elementar zarra deyiladi. Elementar zarralarni qayd qilish metodlari: 1. Stensilyatsiya (chaqnash) metodi. Bunda ekrandagi chaqnashlarga ko’ra elementar zarralar kuzatiladi. 2. Geygerning gaz razryad hisoblagichi. Bunda elementar zarralar soni aniqlanadi. 3. Vilson kamerasi. Vilson kamerasida o’ta isitilgan suyuqlikda elementar zarra qoldirgan izga ko’ra uning xossalari (massasi,zaryadi,solishtirma zaryadi va boshqalar) aniqlanadi. 4. Pufakli kamera. O’ta to’yintirilgan bug’da elementar zarra o’tgan yo’ldakondensatsiyalanish yuz beradi.Shu zarra iziga ko’ra uning xossalari aniqlanadi. 5. Qalin qatlamli fotoemulsiyalar metodi. Zarraning fotoplastinkada qoldirgan iziga ko’ra uning xossalari o’rganiladi. Elementar zarralar 4 turli: 1. Foton m=0 (foton tinch holatda mavjud bo’lolmaydi) 2. Leptonlar 0 3. Mezonlar m e
p
4. Barionlar m>m p
285.Antizarra-Zarra bilan to’qnashganda butunlay yo’qolib,boshqa elementga aylanadigan zarra antizarra deyiladi. 286.Annigilyatsiya-Zarra va antizarra o’zaro to’qnashgandan so’ng ularning butunlay yo’qolib,boshqa elementga aylanishi annigilyatsiya deyiladi. Elektron (
0 1 ) zarra, pozitron ( e 0 1 ) antizarra. Elektronning antizarrasi pozitron. 287.Transformator-O’zgaruvchan tok kuchi va kushlanishni o’zgartirish uchun xizmat qiladigan qurilma transformator deyiladi.
288.Yarim o’tkazgich-Elektr tokini o’tkazgichlarga nisbatan yomonroq, dielektriklarga nisbatan yaxshiroq o’tkazuvchi moddalar yarim o’tkazgichlar deyiladi. 289.To’lqin tezligi-To’lqin uzunligi bilan tebranishlar chastotasining ko’paytmasi to’lqin tezligi deyiladi. 290.Kogerent to’lqinlar-To’lqin uzunligi bir xil, fazalar farqi o’zgarmas bo’lgan to’lqinlar kogerent to’lqinlar deyiladi. Faqat kogerent to’lqinlar interferensiyalanadi. Bir xil manbaadan chiquvchi to’lqinlar hech qachon kogerent bo’lolmaydi. 291.Kerxkovning 1-qonuni-Tugundan chiquvchi toklar yig’indisi, tugunga kiruvchi toklar yig’indisiga teng. 292.Kerxkovning 2-qonuni-Konturdagi E.Yu.K.lar va kuchlanishlar yig’indisi nolga teng. 293.Izotop-Protonlar soni bir xil, massalar soni har xil bo’lgan elementlar izotoplar deyiladi. 294.Ekvipotensialli sirt-Teng potensialli sirt ekvipotensialli sirt deyiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling