Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet11/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Koordinatalar usuli. Bu usulda M moddiy nuqtaning holati x, y, z koordinatalar bilan beriladi va M(x, y, z) ko‘rinishda yoziladi.


1.1 – rasm 1.2 – rasm

Fizik tizimning fazodagi holatini to‘liq aniqlovchi, eng kam mustaqil parametrlar soniga erkinlik darajalari deyiladi. Bundan ko‘rinadiki M moddiy nuqta uchta erkinlik darajasiga ega.

      1. Mexanik harakat. Trayektoriya. Moddiy nuqta harakatining kinematik qonuni. Ko‘chish vektori. Bosib o‘tilgan yo‘l.

Harakat tushunchasi aniqlashtirishni talab etadi.
________________________________________________________________
SAVOL. Avtobus bekatida tinch turgan holda siz, harakatylanasizmi?
JAVOB. Birinchi qarashda, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar bir biriga zid, biroq, yoningizdan o‘tayotgan avtomobil haydovchisining qarashicha, siz avval unga yaqinlashasiz, so‘ngra undan uzoqlashasiz, Yer markaziga nisbatan esa, siz aylana bo‘ylab harakatlanasiz. Bu harakat nisbiyligining tipik namoyon bo‘lishidir

Mexanik harakat. Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi jismning mexanik harakati deb ataladi.Masalan, Piyodalar jangovar mashinasi(PJM)ning dala o‘quv maydonida joylashgan turli jismlar(daraxtlar, belgilar, to‘siqlar va boshqalar)ga nisbatan vaziyatlarining o‘zgarishi.


Qattiq jismlarning istalgan harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat. Ilgarilanma harakat shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to‘g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi.
Moddiy nuqtaning fazodagi harakati davomida qoldirgan iziga trayektoriya deyiladi. Trayektoriyaning ko‘rinishi sanoq tizimining tanlanishiga bog’liq. Tekis aylanayotgan gardish markazidan eng chetda joylashgan nuqtaning tekis harakatini ko‘rib chiqaylik(1.3-rasm). Aylanayotgan gardishga bog’langan tizimga nisbatan nuqta to‘g’ri chiziqli trayektoriya bilan harakatlanadi.
Y er bilan bog’langan tizimga nisbatan nuqta Arximed spirali shaklidagi trayektoriya bilan harakatlanadi.
Trayektoriyasining shakliga ko‘ra harakatlar to‘g’ri chiziqli va egri chiziqli bo‘ladi.
Moddiy nuqtaning harakatini tavsiflash uchun harakatining kinematik qonunini ifodalovchi tenglamani yoki tenglamalar tizimini 1.3 – rasm
berish zarur bo‘ladi.
Tanlangan koordinatalar tizimiga nisbatan, vaqtning istalgan paytida moddiy nuqtaning vaziyatini aniqlovchi tenglamalar yoki tenglamalar tizimiga harakatining kinematik qonuni deyiladi.
Nuqtaning fazodagi holati vektor usulida berilganda harakatining kinematik qonuni ko‘rinishda, koordinata usulida berilganda esa:

ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar (1.2) tenglamardan t vaqtni chiqarsak, trayektoriya tenglamasini olish mumkin bo‘ladi. 1.4 – rasmda trayektoriyasi tasvirlangan M nuqtaning harakatini ko‘rib chiqaylik. Faraz qilaylik t vaqt
. 1.4 – rasm
momentida nuqtaning holati radius-vektor bilan aniqlanuvchi 1 holatda, vaqt momentida nuqtaning holati radius-vektor bilan aniqlanuvchi 2 holatda bo‘lsin.
Nuqtaning boshlang’ich holatidan oxirgi holatiga o‘tkazilgan vektorga ko‘chish vektori deyiladi. 1.4 – rasmdan ko‘rinadiki, ko‘chish vektori 2 nuqtaning radius-vektori bilan 1 nuqtaning radius-vektori ayirmasiga teng. Nuqtaning 1 va 2 holatlari orasida trayektoriya bo‘ylab hisoblangan masofaga bosib o‘tilgan yo‘l deyiladi
To‘g’ri chiziqli bir tomonga yo‘nalgan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l ko‘chish vektorlari farqiga teng, egri chiziqli harakatda esa, bosib o‘tilgan yo‘l ko‘chish vektorlari farqidan katta bo‘ladi.




      1. Download 1.33 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling