Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Tezlik. Yo‘lni hisoblash. Tezlanish


Download 1.33 Mb.
bet12/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Tezlik. Yo‘lni hisoblash. Tezlanish.

Har qanday ko‘chish vaqtni talab etadi. Moddiy nuqta(zarracha)ning vaqt birligi ichidagi ko‘chishi uning o‘rtacha tezligini aniqlaydi:
(1.3)
Bu tenglikning o‘ng tomonidagi ko‘chish vektori, chap tomondagi vektor bilan bir xil yo‘nalgan. O‘rtacha tezlik harakatning ancha qo‘pol tavsifi hisoblanadi.
Avtomobil vaqt davomida Toshkent(1 nuqta 1.4-rasm)dan Chirchiq(2 nuqta 1.4-rasm)gacha yo‘l bosib o‘tdi. Ma’lumki o‘rtacha tezlik formulasi Toshkentdan Chirchiqgacha bo‘lgan yo‘lning istalgan qismidagi tezlikni aks ettirmaydi. Bu olinadigan natija kuzatish sharoitiga bog’liq bo‘lishini ko‘rsatuvchi yorqin misoldir. Bu holda natija harakatning davom etish vaqtiga bog’liq. vaqt heksiz kichik qiymatga intilganda ko‘chish vektori o‘zgarishining oxirgi qiymati uning cheksiz kichik qiymati ga almashadi. Bu vektorning yo‘nalishi trayektoriyaga o‘tkazilgan urinma bo‘ylab harakat yo‘nalishida bo‘ladi.
da, ya’ni bir lahzada bo‘ladi, va (1.3) formula quyidagi ko‘rinishni oladi
(1.4)
ya’ni,oniy tezlik ko‘chish vektoridan olingan hosiladir.
Moddiy nuqtaning oniy tezligi deb, uning radius-vektoridan vaqt bo‘yicha olingan hosilaga aytiladi. d vektor trayektoriyaga urinma bo‘ylab harakat yo‘nalishida bo‘lgani uchun oniy tezlik ning yo‘nalishi ham xuddi shunday bo‘ladi. Masalan, pichoqni charxlashda, pichoq va charxtosh orasida chiqadigan uchqun charxtosh gardishiga urinma bo‘ylab yo‘naladi.
Har qanday vektor kabi, tezlik vektorini ham istalgan yo‘nalishga proyeksiyalsh mumkin, uni tanlash ko‘rilayotgan masala shartiga bog’liq.
Oniy tezlik moduli cheksiz kichik ko‘chish moduli bilan bilan aniqlanadi dr = ds:
. (1.5)
funksiyaning hosilasi uning ko‘rinishiga bog’liq. bo‘lsa, ni olamiz.
Moddiy nuqta to‘g’ri chiziq bo‘ylab tekis harakatlanayotgan bo‘lsin. U holda bo‘ladi, bu yerda moddiy nuqtaning t = 0 vaqt momentidagi radius-vektori(1.5a-rasm). Bundan
(1.6)



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling