Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet38/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Amaliyotdan misollar_____________________________________________
1.Termoyadro yoqilg‘isini qizdirish uchun odatdagi yadro zaryadi portlashi yordami bilan uning hajmli siqilishi amalga oshiriladi. Portlashning rentgen nurlari qo‘rg‘oshin qobiqni bug‘lantiradi va u radial ravishda tarqalib, markazga intiluvchi reaktiv kuchni hosil qiladi. Adiabatik siqish (bir necha ming marta) termoyadroviy yoqilg‘ining ~ 107 K temperaturagacha qizishiga olib keladi, bu sintez reaksiyasining boshlanishi uchun yetarli hisoblanadi.
Xuddi shunday texnologiya boshqariladigan termoyadro reaksiyalar loyihalarida ham qo‘llaniladi. Turli tomondan o‘nlab quvvatli lazerlarning nurlari diametri ~ 1 mm bo‘lgan, deyteriy va tritiy aralashmasini o‘z ichiga olgan qobiqda fokuslangan. Bir zumda bug‘lanib ketgan qobiq aralashmaning siqilishiga va qizib ketishiga olib keladi.
2. Qurol snaryadning uchish yo‘nalishiga qarama-qarshi impuls oladi. Bunday orqaga tepish energiyasi snaryad chiqarilgandan keyin ham to‘planadi: stvoldan chiqayotgan porox gazlari snaryadga, stvoldan bir oz masofada ham ta’sir o‘tkazishda davom etadi. Qo‘lda ushlab turiladigan qurollarda zatvorning massasi o‘qning massasidan ancha katta. Shuning uchun, orqaga tepilganda, hali o‘q stvolda bo‘lganida u teskari yo‘nalishda gaz chiqishining oldini olish uchun yetarlicha sekin harakat qiladi.
Tepish energiyasi (~20 J) uzoq davom etgan otishma paytida odamning charchashiga olib keladi. Artilleriyada, odatda, tepiish energiyasi snaryadning stvol og’zidagi energiyasining ~ 3% ni tashkil qiladi. Bu juda katta energiya, ammo to‘p o‘rnatilgan stanok uni o‘chirishga imkon beradi va hatto zaryad olish uchun uning bir qismidan foydalaniladi. Qolgan energiya isrof qilinadi, bu esa qurol FIK kamayishiga olib keladi. Masalan, minamyotda barcha tepish energiyasi amortizator yordamida so‘ndiriladi. Artilleriyada orqaga tepish puflash tormozi yordamida kamayadi. Bunda stvoldan oqib chiqadigan gazlar ko‘ndalang bo‘rtmalarga uriladi, va chiqish yo‘nalishini o‘zgartiradi va maxsus kanallar orqali chiqariladi.
Orqaga tepmaydigan qurollarda (bu g‘oya Birinchi Jahon urushi paytida paydo bo‘lgan), orqaga tepishga sabab bo‘lgan porox gazlarining bir qismi snaryadning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda olib chiqariladi. Bu oldinga yo‘naltirilgan reaksiya kuchini yaratadi. Bunday qurollarga noqulay orqaga chekinadigan qurilma kerak emas. Xuddi shu tamoyil zamonaviy tankga qarshi granata otish moslamalarida qo‘llaniladi.

Energiya va impulsning saqlanish qonunlari doimo bajariladi. Agar ularning “buzilishi” topilgan bo‘lsa, demak, bu hisobga olinmagan hodisalar yoki jismlarni qidirish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. Energiya va impulsning saqlanish qonunlari (nazariya) yordamida bashorat qilish mumkin. Masalan, Neptun(1846yil) sayyorasi va neytrino zarralari mavjudligini energiya va impulsning saqlanish qonunlari yordamida taxmin qilindi. Boshqa tomondan, agar saqlanish qonunlari har qanday jarayonlarni taqiqlasa, unda ular hech qachon sodir bo‘lmaydi.





Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling