Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet37/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Tarixga nazar____________________________________________________
Birinchi reaktiv samolyot nemislar tomonidan 1939 yilda uchirilgan. Rossiyada Ikkinchi jahon urushigacha boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar qiruvchi samolyotlarga o‘rnatilgan. 1941 yilda avtomobil shassisiga o‘rnatilgan ko‘p marta zaryadlanadigan qurilma qurollanishga qabul qilindi, uni “gvardeyskiy minomyot”(Katyusha) deb atashgan. Uning birinchi marta jangavor qo‘llanilishi 1941 yil 14 iyulda amalga oshirilgan. Bunga o‘xshash zalp bilan o‘t ochuvchi tizimlar hozirgi vaqtda ham takomillashtirilmoqda (“Grad”, “Uragan”, “Smerch” va boshqalar).
Reaktiv dvigatellar gaz hosil bo‘lishi usuli bilan farqlanadilar. Samolyot va raketalarning poroxli reaktiv dvigatellari (PRD), xuddi o‘qotar quroldek, yoqilg‘isi yonuvchan, va oksidlovchi qismlardan tarkib topadi.
Suyuqlikli reaktiv dvigatel (SRD) g‘oyasi 1920 yillardayoq Rossiyalik muxandis F.A. Tsander(1887-1933 yillar) tomonidan aytilgan va uning o‘zi tomonidan 1930 yillarda benzin va kislorodda amalga oshirilgan.

Zamonaviy suyuqlikli reaktiv dvigatel(SRD)lar yoqilg‘isi kerosin yoki spirtdan tashkil topadi va oksidlovchi – tarkibida kislorod bo‘lgan modda alohida beriladi. Aynan PRD va SRDlar kosmik uchishlar haqidagi orzularni real loyihalarga aylantirdi.


Havo-reaktiv dvigatellar(HRD)da oksidlovchi sifatida havo kislorodidan foydalaniladi. To‘g‘ri oqimli HRDda atmosfera havosi dvigatel tezligining bosimi bilan siqiladi, shuning uchun tezlik bo‘lmasa bunday samolyot ucha olmaydi. Turbo-reaktiv dvigatel(TRD) bunday kamchilikdan xoli, uning kompressori havoni so‘radi va siqadi. Tezlik (bu yerda M - Max soni bo‘lib, jism tezligining havo tezligiga nisbati bilan aniqlanadi)ga yetganda kompressorga ehtiyoj qolmaydi chunki, qarshi tomondan esayotgan shamolning bosimi yetarli darajada katta bo‘ladi.
Zamonaviy raketa texnikasi-“yer-havo”, “havo- yer”, -“havo-havo”sinfidagi taktik va strategik qurollar asosi hisoblanadi. Yerdan, suv ustidan va suv ostidan uchirish mumkin bo‘lgan qit’alararo ballistik raketalar eng dahshatli qurol hisoblanadi. So‘nggi yillarda, portativ tizimlar: tanklarga qarshi boshqariladigan raketalar(TQBR) va ko‘chma zenit-raketa majmualari (KZRM) ancha keng tarqalmoqda.
Impuls saqlanishi qonunining ZJT da namoyon bo‘lishi va qo‘llanilishi faqatgina raketa texnikasi bilan cheklanib qolmaydi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling