Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Fizika kursining tuzilishi, qisqacha mazmuni, uni o‘rganish maqsadi va tartibi


Download 1.33 Mb.
bet4/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Fizika kursining tuzilishi, qisqacha mazmuni, uni o‘rganish maqsadi va tartibi. Fizika texnika bilan chambarchas aloqada. Texnikaning ehtiyojlari bir tomondan fizik izlanishlarga da’vat etadi va uning mavzusini belgilaydi. Ikkinchi tomondan, agar fizika fani yangi g’oyalarni bermaganda, zamonaviy texnika, ayniqsa qurollar va harbiy texnika bunchalik jadal rivojlanmagan bo‘lar edi. Fizika tushunchalaridan foydalanib, atrofimizni o‘rab turgan olamda yuz berayotgan hodisalarni to‘g’ri anglab, yorqin tushunib olamiz.
Hozirgi davr talabiga javob beradigan harbiy mutaxassislarni tayyorlashda, bakalavriyat bosqichidagi kursantlarga fizika fani asoslarini o‘rgatishdan asosiy maqsad – ularda zamonaviy ilmiy – texnikaviy dunyoqarashni shakllantirish, ularga zamonaviy harbiy texnika vositalari asoslarini tanishtirish va ulardan foydalanishga zamin yaratishdan iborat. Fizikani o‘rganish bo‘lajak ofitserga umummuxandislik, harbiy-texnik va maxsus harbiy fanlarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
Tabiatda uchraydigan barcha jismlar fizik jismlar deyiladi. Masalan, uy, samolyot, dengiz, xonadagi havo, chang zarralari, Quyosh, va boshqalar. Bularning hammasi turli moddalardan tashkil topgan. Masalan, uy yog’ochdan, samolyot metalldan, dengiz suvdan tashkil topgan. Ma’lumki, moddalar atom yoki molekulalardan va ularning tarkibiga kiruvchi zarralardan tashkil topgan.
Tabiatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlarga tabiat hodisalari deyiladi. Modda molekulalari o‘zgarmasdan qoladigan tabiat hodisalari fizik hodisalar deyiladi. Masalan, toshning uchishi, suvning muzlashi yoki qaynashi, poezdning harakati. Modda molekulalari o‘zgaradigan tabiat hodisalari ximik hodisalar deyiladi. Masalan, ko‘mirning yonishi, plastmassalar tayyorlash, rudalardan metallar olish. Ammo ko‘pgina tabiat hodisalari bir vaqtning o‘zida ham fizik, ham ximik hodisa bo‘lishi mumkin. Masalan, elektr yoyi, radioaktivlik. SHuning uchun fizika va ximiya fanlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Zamonaviy fizikada hodisalarning qanday sohalari o‘rganilayotganligini tushunish uchun, barcha tabiiy fanlar erishgan muvaffaqiyatlar asosida chiqarilgan umumiy xulosalar bilan tanishish kerak.
Fizika materiyaning eng umumiy xossalari va harakatining turli shakllari hamda bir-biriga aylanishi haqidagi fandir. Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakat qonunlarini o‘rgatuvchi fandir. Materiya harakatining ba’zi shakllari tabiatda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularga harakatning fizik shakllari deyiladi, chunki ularning asosiy xususiyatlari fizikada o‘rganiladi. Materiyaning bunday harakatlariga mexanik, issiqlik, elektr, elektromagnit, atom va yadro ichki harakatlari kiradi.
Tabiatda bo‘ladigan turli hodisalarda materiya harakatining bir fizik shakli boshqasiga aylanadi: tramvay harakatlanganda harakatning elektr shakli, harakatning mexanik shakliga, bu esa issiqlik harakatiga aylanadi; jismlarni bir-biriga ishqalaganda yoki jismlar yorug’lik nurlarini yutganida issiqlik harakati yuz beradi; elektrostantsiyalardagi generatorlarda mexanik harakat , harakatning elektr shakliga aylanadi va hokazo. Tabiatda va texnikada bo‘ladigan hodisalarning mohiyatini tushunish uchun barcha harakat shakllarini va ularning o‘zaro bog’lanishini o‘rganish zarur. Shunday qilib, zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning o‘zaro bir-biriga aylanishini, shuningdek modda va maydon xossalarini o‘rganadi.
Tabiatda va texnikada bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda turli xil usullardan foydalaniladi. Fizikada hodisalarni bevosita o‘rganish uchun kuzatish va tajriba usullaridan foydalaniladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling