Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet5/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Kuzatishda kuzatuvchi sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, faqat uning tipik xususiyatlarini, hodisa yuz berayotgan sharoitni kuzatishga harakat qiladi. Masalan, daraxtdan uzilib tushgan barg va qo‘ldan tushib ketgan tangani kuzatib, bargning asta-sekin va egri-bugri yo‘l bilan, tanganing esa tez va to‘g’ri chiziqli yo‘l bilan tushganini ko‘ramiz. Bu farqni ular tushayotgandagi shart-sharoitning bir xil emasligi bilan tushuntirish mumkin. Bu jismlarning turlicha tushishiga havoning ta’siri sabab bo‘ladi. Bargga nisbatan tanga og’ir va yuzasi kichikdir. Faqat kuzatishdan foydalanib jismlarning tushishiga bu shart-sharoitlarning ta’sirini aniqlash mumkin emas.
Jismlarning tushishiga havoning ta’sirini ko‘rsatish uchun, tajriba o‘tkazish, ya’ni jismlarning havosiz fazoda tushishini amalga oshirish zarur, bunday holda barg tanga bilan bir vaqtda tushadi. Havoda jismlar harakatining bir-biridan farqli bo‘lishi esa bu jismlar og’irliklari va havoning jismga ko‘rsatadigan qarshiligi orasidagi nisbatning turlicha bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Buni jismlarning og’irligini va havoning qarshilik kuchini o‘lchash bilan aniqlash mumkin.
Hodisaning borishiga ayrim faktorlarning ta’sirini o‘rganish mumkin bo‘lgan sharoitda hodisani qaytadan sodir qilib, tekshirilayotgan hodisada o‘zgaruvchan kattaliklar orasidagi qonuniy bog’lanishni aniqlash yoki qo‘yilgan savolga bir qiymatli javob topish tajriba deyiladi.
Tajribada fizik kattaliklar o‘lchanadi. SHunday qilib, o‘lchash va tajribalar yordamida turli hodisalar bo‘ysunadigan qonunlarni aniqlash mumkin. Fizika hodisalarning faqat qonuniyatlarini ochib bermasdan, ularni tushuntirib ham beradi. Bu qonuniyatlarni taqqoslab, ularning ko‘pchilligi uchun umumiy bo‘lgan ichki bog’lanishlarni payqash mumkin. Bog’lanishlarni tushuntirish uchun ilmiy asoslangan faraz ilgari suriladi, bunday faraz gipoteza deyiladi. Gipoteza ko‘p hodisalarni yagonalik nuqtai nazaridan tushuntirgani uchun undan foydalanib, yangi, hali noma’lum yoki namoyon bo‘lishi ma’lum, lekin o‘rganilmagan hodisalarni oldindan aytish mumkin. Shunday usul bilan qabul qilingan gipotezaning to‘g’riligini tekshirish mumkin. Agar yangi tajribalar gipotezaga qarama-qarshi natija bersa, gipoteza bekor qilinadi, yoki o‘zgartiriladi. Agar tekshirishlar gipotezani tasdiqlasa va mohiyatini o‘shirsa, bunday gipoteza ishonchli bo‘ladi va fizik nazariya deyiladi. Masalan, molekulyar-kinetik nazariya, kvant nazariyasi va boshqa mavjud nazariyalar shunday nazariyalardir. Tajriba, kuzatishlar va tahliliy fikrlashlar bilan olib borilganda, u tabiatni o‘rganishning eng mukammal usuli hisoblanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling