Mexanika va molekulyar fizika
Download 1.05 Mb.
|
umumiy fizika usl.qullanm.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismlarning erkin tushishi.
- Dinamika asoslari. Nyuton qonunlari.
1 – rasm
(14) Agar harakat notekis bo’lsa (15) Burchak tezlanish esa (16) Burchak tezlik yoki larda, burchak tezlanish esa yoki larda o’lchanadi. Tekis o’zgaruvchan harakatda bo’ladi. Burchak tezlanish uchun quyidagini yozish mumkin. (17) Aylanma harakat tenglamalarini quyidagicha ifodalash mumkin: (18) Jismlarning erkin tushishi. Jismlarning Yer tortish kuchi ta’siri ostida qiladigan harakatiga ularning erkin tushishi deyiladi. Italiya olimi G. Galiley 1590 yilda Pizo shahridagi qiya minoradan turli jismlarni tashlab ko’rib, quyidagi xulosaga keladi. Erkin tushayotgan jismlarning tushish tezliklari ularning massalariga bog’liq emas. Keyinchalik I.Nyuton havosi so’rib olingan shisha nay ichiga turli jismlarni solib tajriba o’tkazdi, hamda Galileyning fikrini quyidagicha to’ldirdi: Vakuumda barcha jismlar baravar tushadi. Ma’lumki, erkin tushayotgan jismlarning harakati tekis tezlanuvchan bo’lib, uning o’rtacha tezlanishi g=9,81m/c2 ga teng. Yerning shakli aniq sfera bo’lmasdan, balki sferoid ko’rinishiga ega. Yerning katta yarim o’qi (ekvatorda) Re=6378,245km bo’lib, kichik yarim o’qi esa (qutbda) Rq=6356,830km ga teng. Bundan tashqari markazdan qochma kuch Yerning ekvatorida maksimal, qutbida esa minimal qiymatga ega. Bu omillar esa erkin tushish tezlanishining qiymati joyning geografik kengligiga bog’liq bo’lishini taqozo etadi. Erkin tushish tezlanishi qutbda eng katta (g=9,8324m/s2) ekvatorda esa eng kichik (g=9,7805m/s2) qiymatga ega. Uning o’rtacha qiymati sifatida Yer sirtining =450 kengligidagi qiymati qabul qilingan. g0=9,80665m/s2 Erkin tushayotgan jismning harakati tekis tezlanuvchan bo’lgani uchun quyidagi tenglamalar o’rinli. (1) (2) Agar jism pastdan V0 boshlang’ich bilan tik otilsa (3) (4) Dinamika asoslari. Nyuton qonunlari. Dinamika mexanikaning bir bo’limi bo’lib, u jismlarning harakatini ularga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’lab o’rganadi. Dinamikaning asosini Nyuton qonunlari tashkil etadi. Avvalo biz massa va kuch tushunchalarini kiritamiz. Massa jismning inersiya o’lchovi bo’lib, u jismni tashkil qilgan modda miqdorini ifodalaydi. Moddaning hajm birligidagi massasiga uning zichligi deyiladi. (1) Modda zichligi ХБС da birligida o’lchanadi. Quyida ayrim moddalarning zichligini keltiramiz (normal bosim uchun).
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling