Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


Jismning tayanchga yoki osmaga ko‘rsatadigan kuchi nolga teng


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
Bog'liq
fizika-10

Jismning tayanchga yoki osmaga ko‘rsatadigan kuchi nolga teng 
bo‘la digan, ya’ni og‘irligi yo‘qoladigan holatga vaznsizlik deyiladi.
Demak, jism vaznsizlik holatiga o‘tishi uchun pastga tomon 
g = 9,81 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanishi kerak. Bundan jismlar erkin 
tushayotganda vaznsizlik holatida bolishi kelib chiqadi. Qisman vaznsizlik 
holati arg‘imchoq uchayotganda, sakrashning tushish qismida, qiyalikdan 
inersiyasi bilan sakragan mototsiklchida kuzatiladi. Bu juda qisqa vaqt davom 
etadi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlarida, orbital stansiyalarda istiqomat qiluvchi 
kosmonavtlar uzoq muddat vaznsizlik holatida bo‘ladi. Bunday paytda inson 
organizmida qon aylanishi va oziqlanish tizimi buziladi. Orbital stansiyalarda 
vaznsizlik holatining zararli oqibatlarini tugatish uchun maxsus choralar 
ko‘riladi.
3. Lift yuqoriga tomon 
tezlanish bilan ko‘tarilmoqda (2.5-d rasm). 
Bunda odamning lift poli (tayanch)ga ko‘rsatadigan og‘irligi
m(
+ )
(2.9)
ga teng bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, lift yuqoriga tomon tezlanish bilan ko‘tarilsa, 
odamning og‘irligi ma qiymatga ortadi. Bu holatga ortiqcha yuklama 
deyiladi.
Yuklamani, jismning harakat davridagi og‘irligining, tinch holatdagi 
og‘irligiga nisbati bilan topiladi: 
 n 

. (2.10)
Bu holatda to‘la yuklama tayanchga tushadi. Lekin odam gavdasi 
bo‘ylab qisman yuklanishlar hosil bo‘ladi. Masalan, odam boshining 
og‘irligi uning bo‘yniga, bosh, bo‘yin, yelka va qo‘llarning og‘irligi esa 
belga va h. k. oyoqlarga tushadi. Agar liftning tezlanishi 0,3 – 1 m/s
2
atrofi da 
bo‘lsa, inson uni sezmaydi. Lekin tovushdan tez uchuvchi samolyotlarda, 
raketaning ko‘tarilishida tezlanish 100 m/s
2
gacha boradi. Bu holatga tushgan 
uchuvchilar va kosmonavtlarning aytishicha, og‘irlik ularni o‘rindiqqa 
mahkamlab tashlaydi, qo‘llarni ko‘tarish juda og‘irlik qiladi, qovoqni ko‘tarib, 
ko‘zni ochish haddan tashqari mashaqqatli bo‘ladi.


40

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling