Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
fizika-10
h = 6,6 R
Yer ya’ni taxminan 42000 km ga teng bo‘lishi kerak! Bunday orbita geostatsionar orbita deyiladi. Bizning sayyoramizda insoniyat tarixida birinchi marta sobiq SSSRda 1957-yil 4-oktabrda Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Yo‘ldosh shar shaklida bo‘lib, diametri 58 sm, massasi 83,6 kg edi. Yo‘ldosh yer atrofi ni 1400 marta aylanib chiqib, umumiy holda 60 million km masofani bosib o‘tdi. 1961- yil 12-aprelda inson birinchi marta kosmosga chiqdi. Birinchi kosmonavt Yuriy Alekseyevich Gagarin sobiq SSSR fuqarosi edi. Keyinchalik, 1969- yil 20-iyulda amerikalik astronavtlar Neyl Armstrong va Edvin Oldrinlar birinchi bo‘lib Oyga qo‘nishdi. Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralarga borish uchun kosmik kemaga ikkinchi kosmik tezlik berilishi kerak. Uning son qiymati 11,2 km/s ga teng. Olis yulduzlarga borish uchun esa Quyosh sistemasining tortish kuchini yengib chiqib ketish kerak. Buning uchun kosmik kema uchinchi kosmik tezlikka ega bo‘lishi kerak. Uning qiymati 16,7 km/s ga teng. Kosmosni zabt etgan fazogirlar orasida bizning vatandoshlarimiz V. Jonibekov va o‘zbek millatiga mansub S. Sharipov ham bor. 1. Nima sababdan Yer, o‘zining atrofi da harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni tortib olmaydi? 2. Oyni ham birinchi kosmik tezlik bilan harakatlanayotgan yo‘ldosh deb qarash mumkinmi? 3. Sun’iy yo‘ldoshning yer yuzidan balandligi ortishi bilan uning tezligi qanday o‘zgaradi? 12- mavzu. JISM OG‘IRLIGINING HARAKAT TURIGA BOG‘LIQLIGI Hozirgi kunda ko‘pgina ma’muriy binolar, turarjoylar ko‘p qavatli qilib qurilgan. Yuqori qavatlarga chiqish va tushish uchun liftlardan foydalaniladi. Liftda chiqayotgan va tushayotgan odam harakatini qaraylik. 1. Massasi m bo‘lgan odam liftda turibdi. Lift pastga yoki yuqoriga o‘zgarmas = const tezlik bilan harakatlanayotgan holda (2.5-a rasm.) odamning lift poliga (tayanchga) beradigan ta’siri (og‘irligi) P = mg bo‘ladi. 38 Boshqacha aytganda, lift o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanganda jism og‘irligi lift tinch holatda turganda qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. og‘ir og‘ir og‘ir Y Y Y a) b) d) 2.5-rasm. 2. Lift pastga tezlanish bilan tushmoqda (2.5-b rasm.). U holda Nyutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra + m = m . (2.7) Bunda – lift polining reaksiya kuchi, m – jism massasi. Nyutonning uchinchi qonuniga ko‘ra jism og‘irligi = – . Shunga ko‘ra (2.7) ni hisobga olib yozamiz . Jismning harakat paytidagi natijaviy og‘irligi = m ( – ) (2.8) bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, lift pastga tomon α tezlanish bilan harakatlansa, odamning og‘irligi ma ga kamayar ekan. Agar liftni ushlab turuvchi tros keskin bo‘shatilsa, lift pastga tomon a = g tezlanish bilan harakatlanadi va odamning og‘irligi P = m(g – a) = 0 bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling