Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Zahira yerlar tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Zahira yerlar kimning tasarrufida bo‘ladi? 
3. Zahira yerlarning huquqiy holatida qanday xususiyatlar mavjud? 
4. Zahira yerlarining huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi?
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
Aholi punktining bosh rejasi - yashash va faoliyat muhitini shakllantirishning 
kompleks sharoitlarini, aholi punktlari hududiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini 
belgilaydigan shaharsozlik hujjati; 
Bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil 
turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil 
etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan 
iborat qurilish tizimi; 
Garov xati — ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi qarzlik 
guvohnomasi, qarz beruvchiga — yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan 
beriladi; 
Yer uchastkasini ijaraga olish – yer uchastkasidan ijara shartnomasining 
shartlari bo‘yicha vaqtincha haq evaziga foydalanish; 
Yer uchastkasini ijaraga oluvchi – yer uchastkasini belgilangan tartibda 
ijaraga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Yer uchastkasini ijaraga beruvchi – yer uchastkasini belgilangan tartibda 
ijaraga bergan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Yer uchastkasining egasi – yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish va 
uy-joyni 
obodonlashtirish 
hamda 
dehqon 
xo‘jaligini, shuningdek jamoa 
bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqida foydalanuvchi fuqaro; 
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – yuridik 
va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, 


171 
boshqa shaxsga o‘tishi, bekor qilinishining davlat tomonidan e’tirof qilinishi va 
tasdiqlanishi yuridik akti; 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling