Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi yuridik yoki jismoniy 
shaxsning davlat mulkidagi yer uchastkasidan davlat hokimiyati organining qarori 
bilan mahkamlangan belgilangan muddatlarda foydalanish huquqi; 
Zonalashtirish 

hududni 
rivojlantirishning 
shaharsozlik 
jihatidan 
rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan 
foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga ko‘ra 
bo‘linishi; 
Ipoteka — ko‘chmas mulkni (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga 
bo‘lgan huquqni majburiyatni ta’minlash sharti bilan garovga qo‘yish, u ushbu 
mulkni garov kreditori egaligiga topshirmasdan amalga oshiriladi; 
Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi – 
fuqaroning hayot davrida amal qiladigan va uning merosxo‘rlariga belgilangan 
tartibda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish 
va uy-joyni obodonlashtirish hamda dehqon xo‘jaligini, shuningdek jamoa 
bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalanish huquqi; 
Yer fondi toifasi - bu yer fondining foydalanish va muhofaza qilishning belgili 
huquqiy holatiga ega va asosiy mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ajratilgan bir qismi; 
Yer turi - bu o‘zining tabiiy-tarixiy belgilari bilan ajralib turadigan va belgili 
xo‘jalik maqsadlari uchun doimiy foydalaniladigan yoki foydalanish mumkin bo‘lgan 
yer uchastkasi; 
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi – yuridik yoki jismoniy 
shaxsning davlat mulkidagi yer uchastkasidan davlat hokimiyati organining qarori 
bilan mahkamlangan belgilangan muddatsiz foydalanish huquqi; 
Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi – yuridik yoki jismoniy shaxsning 
unga tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga o‘zining ixtiyori bo‘yicha va o‘z manfaatlari 
yo‘lida egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi; 
yer uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu 
maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi; 


174 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling