Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi – yuridik yoki jismoniy
shaxsning davlat mulkidagi yer uchastkasidan davlat hokimiyati organining qarori
bilan mahkamlangan belgilangan muddatlarda foydalanish huquqi;
Zonalashtirish
-
hududni
rivojlantirishning
shaharsozlik
jihatidan
rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan
foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga ko‘ra
bo‘linishi;
Ipoteka — ko‘chmas mulkni (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga
bo‘lgan huquqni majburiyatni ta’minlash sharti bilan garovga qo‘yish, u ushbu
mulkni garov kreditori egaligiga topshirmasdan amalga oshiriladi;
Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi –
fuqaroning hayot davrida amal qiladigan va uning merosxo‘rlariga belgilangan
tartibda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish
va uy-joyni obodonlashtirish hamda dehqon xo‘jaligini, shuningdek jamoa
bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalanish huquqi;
Yer fondi toifasi - bu yer fondining foydalanish va muhofaza qilishning belgili
huquqiy holatiga ega va asosiy mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ajratilgan bir qismi;
Yer turi - bu o‘zining tabiiy-tarixiy belgilari bilan ajralib turadigan va belgili
xo‘jalik maqsadlari uchun doimiy foydalaniladigan yoki foydalanish mumkin bo‘lgan
yer uchastkasi;
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi – yuridik yoki jismoniy
shaxsning davlat mulkidagi yer uchastkasidan davlat hokimiyati organining qarori
bilan mahkamlangan belgilangan muddatsiz foydalanish huquqi;
Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi – yuridik yoki jismoniy shaxsning
unga tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga o‘zining ixtiyori bo‘yicha va o‘z manfaatlari
yo‘lida egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi;
yer uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu
maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
174
Do'stlaringiz bilan baham: |