175
Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish –
yerlardan yer uchastkasiga
bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish;
Yer uchastkasi bilan bog‘liq bitimlar – jismoniy va yuridik shaxslarning yer
uchastkalariga bo‘lgan
huquqlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga
qaratilgan harakatlari;
Kadastr yig‘ma jildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni
shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan
kadastr suratiga olish, texnik invetarizatsiya qilish va pasportlashtirishning,
maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari,
matyeriallari va ma’lumotlari jamlamasi;
Kadastr plani — ko‘chmas mulk obyektining o‘rnashgan joyini,
chegaralarini, binolar, inshootlar va boshqa topografik
elementlarini aks ettiruvchi,
umumiy qabul qilingan shartli belgilarda tuzilgan chizma hujjat;
Kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshootning o‘ziga xos, O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
takrorlanmaydigan
raqami,
u
ko‘chmas mulkni
shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibga muvofiq beriladi, va u
ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida
saqlab qolinadi;
Ko‘chmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p
yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni
belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish
mumkin bo‘lmaydigan obyektlar;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish —
yuridik va jismoniy shaxslarning jumladan bitimlar
asosida yuzaga keladigan
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarining vujudga kelganligini, boshqa shaxsga
o‘tganligini, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini
tan oladigan hamda
tasdiqlaydigan huquqiy harakat;
Do'stlaringiz bilan baham: