178
Transchegaraviy suv obyektlari - ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini
kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari.
Shahar va posyolka chizig‘i - aholi punkti yerlarining ularni yer fondining
boshqa
toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
tashqi chegarasi;
Shaharsozlik - aholi punktlarini, aholi punktlararo hududlarni rejalashtirish
hamda
qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va
sanitariya-gigienaga oid yechimlarining yig‘indisini ta’minlovchi
nazariyasi va
amaliyoti;
Shaharsozlik hujjatlari - hududlarni, aholi punktlarini
rivojlantirishni
shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi,
belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar.
Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning
ochiq kaliti yordamida
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun
bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
Ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish — yuridik
va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga
keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi,
boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini
tan oladigan
hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: