Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan, ko‘chmas mulk obyekti, uning 
huquqiy egasi, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar, obyektning qiymat 
bahosi va kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron 
hujjat; 
Ko‘p yillik ekinlar — bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari; 


179 
Qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan 
yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin 
belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi 
(rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish 
dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar; 
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) 
— bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur 
ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini 
cheklaydigan shartlar; 
Yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga 
nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), 
uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, 
garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi 
hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va 
odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun 
mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar; 
Huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs; 
Ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning 
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor 
qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, 
merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan hatti-harakatlari. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling