Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat 
reestri — ko‘chmas mulk va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, 


176 
huquq egalarining tizimga solingan jamlamasi, u ko‘chmas mulk obyektining 
o‘rnashgan joyi bo‘yicha tuman (shahar) chegarasida yuritiladi; 
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — ko‘chmas mulk 
obyektining mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (ipotekaga oluvchilar, ijaraga 
oluvchilar, kreditorlar va boshqalarning) unga bo‘lgan mulkiy huquqlari; 
Qishloq xo‘jalik yerlari – qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlarning bevosita 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yoki yem-xashak bazasi sifatida 
foydalanilayotgan yoxud foydalanilishi lozim bo‘lgan asosiy qismi; Qishloq xo‘jalik 
yerlari haydaladigan yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, bo‘z yerlar, pichanzorlar va 
yaylovlardan tashkil topadi; 
Qonun- davlatning oliy vakolatli organi tomonidan maxsus tartibda qabul 
qilinib jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
normativ-huquqiy hujjat; 
Huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs; 
Ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar; 
Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, matyeriallar
buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, 
yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har 
ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq 
tarzidagi qurilish tizimi; 
Tuproq unumdorligi – tuproqning qishloq xo‘jalik o‘simliklarining to‘yimli 
moddalar, havo, suv, issiqlik, biologik va fizikaviy-kimyoviy muhitga bo‘lgan 
talabini qondirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishni 
ta’minlash xususiyati; 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling