Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


yer uchastkasini xususiylashtirish


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk bo‘lgan yer 
uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish; 
bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech 
qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan va ommaviy mulk bo‘lgan yer 
uchastkasi; 
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o‘tkazish 
usuli bo‘lib, bunda yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog‘idagi 
ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida undan potensial xaridorlarning teng 
ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi. 
Yer uchastkalari berish – davlat mulkidagi yer uchastkalarini davlat 
hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy yoki vaqtincha foydalanish yohud ijaraga 
olish huquqlarida berish; 
Yerlarni xususiylashtirish – jismoniy shaxslar va nodavlat yuridik shaxslar 
tomonidan yer uchastkalarini davlatdan xususiy mulk qilib sotib olish; 
Yerlardan oqilona foydalanish – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar 
uchun – yerlardan ularning maqsad vazifasi bo‘yicha yerlarning tabiiy-qishloq 
xo‘jalik jihatdan rayonlashtirilishini, yerlarning ko‘p jihatli xususiyatlarini inobatga 
olgan holda, tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda hududni mehnat 
unumdorligining oshishini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘payishini 
ta’minlash yo‘lida maqsadga muvofiq tashkil etib foydalanish;
Qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar uchun – 
yerlardan ularning maqsad vazifasi bo‘yicha foydalanish, yer uchastkalaridan 
imoratlarning tabiatni muhofaza qilish va shaharsozlik talablarini inobatga olgan 
holda maksimal zichligini ta’minlagan holda tejamli foydalanish; 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling