Yerlarning toifalari – yer fondining yer uchastkalari ularning asosiy maqsad
vazifalari bo‘yicha kiritilgan qismlari;
Yerlar monitoringi – yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash,
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun
yer fondining holatini kuzatib turish tizimi;
Tuproq sifatini me’yorlashtirish – tuproqlar unumdorligi, yerlarning
ifloslanishi va buzilishi sohasida me’yorlarni belgilash
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi – yuridik va jismoniy
shaxslarning yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha huquqlarining davlat, atrof-
muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va ulardan
foydalanish, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijaraga
oluvchilari va mulkdorlari, shuningdek qonunda nazarda tuilgan hollarda aholi
xavfsizligi manfaatlari yo‘lida qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda cheklanishi;
Sug‘oriladigan yerlar – yerlarni sug‘orish uchun yetarli miqdordagi suv
resurslariga ega sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki vaqtinchalik
sug‘orish tarmog‘i mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar
Yerlarning asosiy maqsad vazifasi – yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks
ettirilgani kabi maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlari bilan
belgilangan tartibi va shartlari;
Yerlarni muhofaza qilish – yerlardan belgilangan maqsadda, oqilona
foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va
alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarning asossiz
ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya
qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar
tizimi;
Yer uchastkasidan foydalanuvchi – yer uchastkasidan doimiy yoki vaqtincha
foydalanish huquqida foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
173
Do'stlaringiz bilan baham: |