16.2§. Zahira yerlaridan foydalanish huquqi
Zahira yerlar asosiy foydalanish maqsadiga ko‘ra xar qanday boshqa yer fondi
toifasiga o‘tib ketishi mumkin. Bunday holatlarda ularga o‘sha yer fondining huquqiy
holati qo‘llaniladi.
Davlat zahira yerlari qisqa muddatli – 3 yilgacha va uzoq muddatli – 3 yildan
10 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, qisqa muddatga berilgan yer
uchastkalari zahira yerlar tarkibida hisoblanadi. Muddatning tugashi bilan esa u
boshqa yerdan foydalanuvchilarga berilishi yoki zahira yerlar tarkibida qolishi
mumkin. Boshqa hamma holatlarda, masalan, uzoq muddatga foydalanish uchun
berilganda bu yerlar zahira yerlar fondi toifasidan chiqib ketadi.
Zahira yerlar asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini, shuningdek sanoat,
transport, boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadlari, jamoa bog‘dorchiligi va
polizchiligini rivojlantirish uchun zahira bo‘lib xizmat qiladi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, zahira yerlar keyinchalik ko‘proq qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga
egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish uchun maqsad qilib qo‘yiladi.
Zahira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi.
Bundan tashqari, zahira yerlar qishloqlar o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari ixtiyorida
ham bo‘lishi mumkin. Bu idoralar zahira yerlarni yuqorida sanab o‘tilgan
maqsadlardan tashqari, yana uy-joy qurish uchun fuqarolarga, xizmat yuzasidan chek
yerlar sifatida berishlari mumkin. Bunda, albatta, bu yerlarni qishloq xo‘jaligi
maqsadlarida ishlatib bo‘lmasligini e’tiborga olish lozim.
Hech kimga foydalanish uchun berilmagan zahira yerlar biron bir kishi
tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi mumkin emas. Zahira yerlardan
foydalanish ustidan nazoratni hokimiyat idoralari olib boradilar.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |