Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Suv fondi yerlarini boshqarish xususiyatlari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

15.2§. Suv fondi yerlarini boshqarish xususiyatlari 
Davlat suv fondi yerlarining asosiy xo‘jalik vazifasi suvdan foydalanish va uni 
muhofaza qilish faoliyatiga xizmat qilishdir. Shuning uchun bu yerlarning huquqiy 
holati suv obyektlarining huquqiy holati xususiyatlarini aks ettiradi. 
Barcha suvdan foydalanuvchilarga suv xavzalari qirg‘oqlarini, boshqa suv 
obyektlari yer maydonlari ustki qismini yaxshi saqlash majburiyati yuklatilgan. 
Ko‘pchilik daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va 
boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minotining 
davolash hamda madaniy sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar 
maxsus himoya qilinadi. Shu maqsadda qonun shunday suv havzalari atrofida himoya 
zonalari tashkil qilishni belgilaydi. Xususan, shunday joylarda sanitariya zonalari 
o‘rnatiladi. Sanitariya zonalari 3 ta mintaqaga bo‘linib, ularning xar biriga yerdan 
foydalanishning alohida holatlari (rejimi) o‘rnatiladi. Masalan, birinchi mintaqada 
yashash, qandaydir qurilish inshootlari qurish man etiladi. 
Suv ob’eklarini muhofaza qilish zonalari va ularni mintaqalarga bo‘lishni 
belgilash mahalliy hokimiyat organlarining qarorlariga binoan amalga oshiriladi. 
Suv havzalari qirg‘oq mintaqalarida yer haydash, mol boqish, zaharli-kimyoviy 
moddalar qo‘llash, ishlab chiqarishga xizmat qiladigan qurilishlar qilish, dam olish 
bazalari qurish man qilinadi. Demak, suv fondi yerlari huquqiy holatidagi muhim
xususiyatlardan biri shundan iboratki, bu yerlarda suv obyektlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyat yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi. 
Chunki, xo‘jalik faoliyati yoki qurilish ishlari suvni ifloslanishi va zaxarlanishiga olib 
kelishi mumkin. Shu sababdan, bu yerlar alohida tartibda muhofaza qilinadi. Shuning 
uchun Yer kodeksining 148-moddasida belgilanishicha, bunday holatlar ro‘y bergan 
taqdirda bu yerlar tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan 
foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin. 


165 
Ichki suvlar qirg‘oq mintaqalarida qurilmalar va inshootlar qurish faqat tegishli 
hokimiyat idoralarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu qurilma va 
inshootlar suv xo‘jaligi maqsadlariga xizmat qilishi lozim. 
Amaldagi yer va suv qonunchiligiga asosan suv fondi yerlaridan 
foydalanuvchilar bo‘lib yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Mulkchilikning 
shaklidan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon
xo‘jaliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari suv fondi yerlaridan 
foydalanuvchilar bo‘ladilar. 
Suv fondi yerlari doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun berilishi 
mumkin. 
Suv fondi yerlaridan doimiy foydalanish huquqi yer uchastkasidan doimiy 
foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi. Suv fondi yerlaridan 
umumiy va maxsus foydalanish turlarining ro‘yxati suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza 
qilish, sanitariya nazorati, geologiya va minyeral resurslar organlari tomonidan 
belgilab qo‘yiladi. 
Suv fondi yerlaridan birgalikda yoki tanxo foydalanish mumkin. Birgalikda 
foydalaniladigan suv obyektlari va suv fondi yerlariga tanxo foydalanish uchun 
berilmagan suv obyektlari va suv fondi yerlari kirishi mumkin. Tanxo 
foydalaniladigan suv fondi yerlari va suv obyektlariga mahalliy hokimiyat organlari 
qarori asosida biron korxona, tashkilot va muassaga butunlay yoki qisman berib 
qo‘yilgan suv obyektlari va u bilan bog‘liq yerlar kiradi. 
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning 26-moddasiga asosan suv 
obyektlari tanxo foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 
yoxud tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan qonunlarda 
belgilangan tartibda batamom yoki qisman beriladi. Suv obyektlari tanxo foydalanish 
uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi 
albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi
33

Tanxo foydalanmoq uchun suv obyektlari va ularga tegishli yerlar berib 
qo‘yilgan korxonalar, tashkilot va muassasalar - suv fondi yerlaridan birlamchi 
33
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni 26-modda. 06.05.1993 


166 
foydalanuvchilar bo‘lib, ular suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan 
kelishib, boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va suvdan ikkilamchi 
foydalanish uchun ruxsat berishga xaqilidirlar. 
Suv fondi yerlardan ikkilamchi foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada suv 
obyekti va boshqa yerlarni berish maqsadi va u toifa yerlardan foydalanishning asosiy 
shartlari ko‘rsatilgan. Suv fondi yerlaridan birlamchi foydalanuvchi suv fondi yerlari 
va obyektlaridan ikkilamchi foydalanuvchining butun suv fondi yerlaridan 
foydalanish uchun javobgar bo‘ladilar. Suv fondi yerlaridan ikkilamchi 
foydalanuvchi, basharti suv fondi yerlari va obyektini tegishli ulushini suvdan 
birlamchi foydalanuvchi o‘zlashtirib olgan yoki undan noto‘g‘ri foydalangan 
taqdirda, unga nisbatan da’vo qo‘zag‘atishga va yetkazilgan zarar qoplashini talab 
qilishga haqlidir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling