Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. Suv fondi yerlari tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Suv fondi va suv fondi yerlari tushunchalari o‘rtasida qanday farq mavjud? 
3. Suv fondi yerlari huquqiy holatida qanday xususiyatlar mavjud? 
4. Suv fondi yerlarining huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi?
5. Suv fondi yerlaridan foydalanuvchilarning qanday huquqlari mavjud? 
6. Suv fondi yerlaridan foydalanuvchilarga qanday majburiyatlar yuklatilgan? 
7. Suv fondi yerlaridan foydalanuvchilarning maxsus huquqlari qanday?
XVI BOB. ZAHIRA YERLARINING HUQUQIY HOLATI
16.1§. Zahira yerlari to‘g‘risida tushuncha 
Zahira yerlarining tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida bayon 
qilingan. Shu kodeksning 78-moddasida ta’kidlanishicha, yer fondining 1-7-
bandlarida ko‘rsatilgan toifalarga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga 
egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya 
qilinmagan) barcha yerlar zahira yerlardir. Zahira yerlar tuman, shahar davlat 
hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu kodeksga muvofiq asosan 
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga 
mo‘ljallanadi. 
Zahira yerlar – O‘zbekiston yer fondi tarkibida mustaqil toifani tashkil etib
2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 9437.7 ming 
gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 21.02 foizini tashkil etadi. 
Ma’lumki, davlatning yerga bo‘lgan egalik huquqini amalga oshiruvchi 
Respublika hokimiyati idoralari yer uchastkalarini korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar o‘rtasida taqsimlaydilar. Bunda bir qism yerlar foydalanuvchilar o‘rtasida 


169 
bo‘linmasdan qoladi. Bunday yerlar, asosan, o‘zlashtirilmagan yerlardir. Ushbu 
yerlar keyinchalik xo‘jalik oborotiga kiritiladigan rezyerv yoki ekologik muvozanatni 
ta’minlab turadigan yerlar hisoblanadi. Shunday qilib, zahira yerlarni ikki turga 
bo‘lish mumkin – yerdan foydalanishda rezyerv rolini o‘ynaydigan, ya’ni keyinchalik 
foydalanish uchun baza bo‘lib xizmat qiladigan hamda foydalanishga umuman 
yaroqsiz bo‘lgan yerlarga. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling