Mzvzu;Qishloq xo’jaligiga mo’ljalangan yerlarning huquqiy holati
Download 1.18 Mb.
|
1 2
Bog'liqПрезентация Microsoft PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi
Mzvzu;Qishloq xo’jaligiga mo’ljalangan yerlarning huquqiy holati Reja; 1.Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qarori 3. Yer huquqi manbalari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan Adabiyotlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tarkibida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 20236.3 gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 45.08 foizini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ular alohida ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy vosita sifatida harakat qiladi. y O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb "Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar tushuniladi". Yerlarni maqsadli belgilash, ya’ni ularni yaroqliligi darajasidan kelib chiqib foydalanish xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari natijalariga ko‘ra belgilanadi. Shunday qilib, bu loyihalar xo‘jaliklarga ma’lum qism yerlardan qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini beradi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yagona yer fondida maydon jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, bu yerlar qishloq xo‘jaligida asosiy 111 ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-moddasida yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb ta’kidlangan. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan barcha yerlar, iqtisodiyot tarmoqlarini qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer islohoti va qishloq xo‘jaligi islohoti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi yuritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish tartibi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar avvalo, qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida belgilanishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv xavzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallangan yerlarga ajraladi (YK 43-modda). Shuningdek haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar ham qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ichida sug‘oriladigan yerlar muhim o‘rinni egallaydi. Sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo‘jalik korxonalari yerlari tovar qishloq xo‘jaligi maxsuloti yetishtirishga mo‘ljallangan hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yo‘llar va h.k..) bo‘linadi. Suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari sug‘oriladigan yerlar hamda lalmi yerlari toifalariga bo‘linadi. Yer kodeksining 44-moddasiga muvofiq “qishloq xo‘jaligida foydalanish va sugor’ish uchun yarokli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sugor’ishni ta’minlay oladigan 112 sugor’ish manbai bilan boglangan doimiy yoki muvakkat sugor’ish tarmogiga ega bo‘lgan yerlar sugor’iladigan yerlar jumlasiga kiradi” Sug‘oriladigan yerlar maxsus muxofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, belgilangan limitlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining xulosasiga muvofiq viloyat xokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Yer kodeksida aloxida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sugor’iladigan yerlar tushunchasi ham belgilangan. Unga ko‘ra9 “Kadastr baxolanishiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sugor’iladigan qishloq xo‘jaligi yerlari aloxida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sugor’iladigan yerlar jumlasiga kiradi”. Ushbu unumdor sugor’iladigan yerlar maxsus muxofaza qilinishi lozim va ularning sugor’ilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini, yerlarni muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish hamda yer tuzish tadbirlarini o‘tkazish tartiblarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling