yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk bo‘lgan yer
uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va (yoki)
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish;
bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech
qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan va ommaviy mulk bo‘lgan yer
uchastkasi;
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o‘tkazish
usuli bo‘lib, bunda yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog‘idagi
ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida undan potensial xaridorlarning teng
ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi.
Yer uchastkalari berish – davlat mulkidagi yer uchastkalarini davlat
hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy yoki vaqtincha foydalanish yohud ijaraga
olish huquqlarida berish;
Yerlarni xususiylashtirish – jismoniy shaxslar va nodavlat yuridik shaxslar
tomonidan yer uchastkalarini davlatdan xususiy mulk qilib sotib olish;
Yerlardan oqilona foydalanish – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
uchun – yerlardan ularning maqsad vazifasi bo‘yicha yerlarning tabiiy-qishloq
xo‘jalik jihatdan rayonlashtirilishini, yerlarning ko‘p jihatli xususiyatlarini inobatga
olgan holda, tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda hududni mehnat
unumdorligining oshishini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘payishini
ta’minlash yo‘lida maqsadga muvofiq tashkil etib foydalanish;
Qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar uchun –
yerlardan ularning maqsad vazifasi bo‘yicha foydalanish, yer uchastkalaridan
imoratlarning tabiatni muhofaza qilish va shaharsozlik talablarini inobatga olgan
holda maksimal zichligini ta’minlagan holda tejamli foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |