Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Normativ-huquqiy hujjat- belgilangan shaklda qabul qilingan, umumajburiy 
davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari me’yorlarini belgilash, o‘zgartirish yoki 
bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat; 


177 
Sug‘oriladigan yerlar – yerlarni sug‘orish uchun yetarli miqdordagi suv 
resurslariga ega sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki vaqtinchalik 
sug‘orish tarmog‘i mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan yerlar; 
Suv iste’moli – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini 
qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv resurslaridan belgilangan tartibda olgan 
holda foydalanish; 
Suv iste’molchisi - o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv 
resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Suv obyekti – suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv 
rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar 
va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj 
tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvlari qatlamlari) va 
sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar va boshqalar), suv xavzalari, 
shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar; 
Suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga 
qaratilgan tadbirlar tizimi; 
Suv resurslari – foydalaniladigan yoki foydalanishi lozim bo‘lgan suv 
obyektlari suvlari; 
Suv rejimi – suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va 
hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
Suvdan foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar suv resursini suv obyektidan 
olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish; 
Suv xo‘jaligi – iqtisodiyotning suv resurlarini va suv obyektlarini o‘rganish, 
hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek 
suvlarning zararli ta’sirga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog‘i; 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling