176
huquq egalarining
tizimga solingan jamlamasi, u ko‘chmas mulk obyektining
o‘rnashgan joyi bo‘yicha tuman (shahar) chegarasida yuritiladi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — ko‘chmas mulk
obyektining mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (ipotekaga
oluvchilar, ijaraga
oluvchilar, kreditorlar va boshqalarning) unga bo‘lgan mulkiy huquqlari;
Qishloq xo‘jalik yerlari – qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi
yerlarning bevosita
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yoki yem-xashak bazasi sifatida
foydalanilayotgan yoxud foydalanilishi lozim bo‘lgan asosiy qismi; Qishloq xo‘jalik
yerlari haydaladigan yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, bo‘z yerlar,
pichanzorlar va
yaylovlardan tashkil topadi;
Qonun- davlatning oliy vakolatli organi tomonidan maxsus tartibda qabul
qilinib jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
normativ-huquqiy hujjat;
Huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar;
Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga,
matyeriallar,
buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar,
yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har
ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq
tarzidagi qurilish tizimi;
Tuproq unumdorligi – tuproqning qishloq xo‘jalik o‘simliklarining to‘yimli
moddalar, havo, suv, issiqlik, biologik va fizikaviy-kimyoviy muhitga bo‘lgan
talabini qondirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori
va sifatli hosil olishni
ta’minlash xususiyati;
Do'stlaringiz bilan baham: