179
Qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan
yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga
muvofiq boshlangan, lekin
belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan,
ammo qurilishi
(rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish
dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi)
— bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur
ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish
va tasarruf etish imkonini
cheklaydigan shartlar;
Yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga
nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar),
uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan
imoratlar, omborxona,
garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar,
hammomlar, hovlidagi
hojatxonalar, dushxonalar,
issiqxonalar, hovuzlar, saunalar,
qozonxonalar va
odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun
mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar;
Huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor
qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish,
merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan hatti-harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: