Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Yerlarning toifalari – yer fondining yer uchastkalari ularning asosiy maqsad 
vazifalari bo‘yicha kiritilgan qismlari; 
Yerlar monitoringi – yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, 
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun 
yer fondining holatini kuzatib turish tizimi; 
Tuproq sifatini me’yorlashtirish tuproqlar unumdorligi, yerlarning 
ifloslanishi va buzilishi sohasida me’yorlarni belgilash 
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi – yuridik va jismoniy 
shaxslarning yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha huquqlarining davlat, atrof-
muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va ulardan 
foydalanish, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijaraga 
oluvchilari va mulkdorlari, shuningdek qonunda nazarda tuilgan hollarda aholi 
xavfsizligi manfaatlari yo‘lida qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda cheklanishi; 
Sug‘oriladigan yerlar – yerlarni sug‘orish uchun yetarli miqdordagi suv 
resurslariga ega sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki vaqtinchalik 
sug‘orish tarmog‘i mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan yerlar 
Yerlarning asosiy maqsad vazifasi – yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks 
ettirilgani kabi maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlari bilan 
belgilangan tartibi va shartlari; 
Yerlarni muhofaza qilish – yerlardan belgilangan maqsadda, oqilona 
foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va 
alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarning asossiz 
ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya 
qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar 
tizimi; 
Yer uchastkasidan foydalanuvchi – yer uchastkasidan doimiy yoki vaqtincha 
foydalanish huquqida foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs; 


173 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling