Mexanizmlar zvenolari va kinematik juftlarining tezlik larini aniqlash. 4-5-Ma’ruza Reja: 1. Oddiy sterjenli mexanizmlar kinematikasini o’qitishdan maqsad va vazifalari. 2. Mexanizm zvenolarining holatini qurish va u nuqtaning traektoriyasi. 3. Tezlik va tezlanish xillari. 4. Krivoship-polzunli mexanizm tezlik rejasi. 5. Krivoship-polzunli mexanizm tezlanish rejasi. 6. Uzatish nisbati va uning xillari. Oddiy sterjenli mexanizmlar kinematikasining o’qitishdan maqsad va vazifalari. - Kinematikani o’qitishdan maqsad (kinematik tekshirish yoki kinematik analiz) nazariy mexanika kursida ta’riflangan, bu mumkin harakatlarni aniqlash.
- Mexanizm tadbiqi – bu zveno va unga tegishli nuqtaning mumkin bo’lgan harakatlarini aniqlash, ya’ni, mexanizm zvenolariga ta’sir etuvchi kuch va momentlarni hisobga olmagan taqdirda mumkin bo’lgan harakatdir.
Kinematik tekshirish vazifalari:
- mexanizmni ishlash protsessida zvenolarning holatini va zveno nuqtalarining traektoriyasini aniqlash;
- zveno va unga tegishli nuqtalarning tezligini aniqlash;
- mexanizmda uzatish nisbatini hisoblash;
- zveno va unga tegishli nuqtaning tezlanishini aniqlash;
- Mexanizmni ishlash protsessida zveno holatlarini qurish ko’pincha grafik usulidan kertiklar (zasechek) metodidan foydalangan holda olib boriladi.
- Mexanizmni bir qancha siljitilgan holatlarini qurishda, ya’ni, mexanizm qo’zg’almas nuqtalari bitta joyni egallaydi. Qoidada juft sonli holatlar quriladi – 6, 8 yoki 12, mos ravishda kirish zvenosidagi aylana teng bo’laklarga bo’linadi. Buni markaziy bo’lmagan krivoship-polzunli mexanizm misolida quramiz, ya’ni, polzunning harakat yo’nalish chizig’i krivoshipning aylanish o’qidan o’tmagan holat uchun (4.1-rasm).
4.1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |