Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi


Download 61.76 Kb.
bet12/14
Sana02.11.2023
Hajmi61.76 Kb.
#1740205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikats-fayllar.org

30-rasm. To‘rt sharnirli mexanizm 
Bunday mexanizmlar statik aniq bo‘lmagani uchun kinematik juftlaridagi reaktsiya
kuchlarini statika tenglamalari orqali aniqlab bo‘lmaydi.
Masalani hal qilish uchun soni ortiqcha bog‘lanishlar soniga teng qo‘shimcha
deformatsiya tenglamalaridan foydalanish kerak.
Ortiqcha bog‘lanishlari yo‘qotilgan mexanizmlar statik aniq sistemalar bo‘lgan
uchun, ularni tayyorlashda yuqori darajadagi aniqlik talab qilinmaydi.
Ortiqcha bog‘lanishsiz mexanizmlar optimal tuzilishdagi mexanizmlar deb 
ataladi. 
Ortiqcha bog‘lanishlar quyidagi usullarda aniqlanadi:
1. Tuzilish formulalari orqali aniqlash;
2. Yig‘ish va kesib o‘tish mezoni orqali aniqlash;
3. Harakatlanuvchanlikning tahlili orqali aniqlash.
3
В 
С 


O
1

O
2

2
1





Bu usullar bilan qisqacha tanishaylik.


1. Tuzilish formulalaridan foydalanib ortiqcha bog‘lanishlarni aniqlash. 
Buning uchun kandaydir, masalan, fikran harakatlantirib yoki chizmada mexanizmni
ketma-ket holatlarini chizib, mexanizmni erkinlik darajsi aniqlanadi, so‘ngra tuzilish
formulasidan ortiqcha bog‘lanish topiladi.
Tekis mexanizmlar taxlilida ortiqcha bog‘lanishni tekis sxemadan (10 ifoda)
aniqlash kerak, so‘ngra mexanizmni tayyorlash va yig‘ishda qo‘yilgan hatolar natijasida
kinematik juftlar o‘qlari og‘adi va mexanizmni fazoviy deb tasavvur qilib, tahlilni fazoviy
mexanizmlarining tuzilish formulasi orqali davom etirish zarur.
1-misol. a) Ikkilamchi parallelogram mexanizmdagi (31-rasm) ortiqcha
bog‘lanishlar soni aniqlansin.
Mexanizmda W=1, n=4, P
V
=6, P
IV
=0
𝑊 = 3𝑛 − 2𝑃
𝑉
− 𝑃
𝐼𝑉
+ 𝑞
formulasidan
𝑞 = 𝑊 − 3𝑛 − 2𝑃
𝑉
− 𝑃
𝐼𝑉
= 1 − 3 · 4 + 2 · 6 = 1
EF shatun ortiqcha bog‘lanishni kiritadi.
Mexanizm АV=CD, АE=DF, АD=EF=VC sharti bajarilganda harakat qilishi
mumkin, aks holda mexanizm fermaga aylanadi. Ortiqcha bog‘lanishni yo‘qotish uchun
EF shatunni tashlab yuborish kerak.

Download 61.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling