Mexanizmning sturukturasini tekshirish. Mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasini va tuzilish formulasi


Mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasini va tuzilish formulasi


Download 227.19 Kb.
bet2/4
Sana17.10.2023
Hajmi227.19 Kb.
#1705791
1   2   3   4
Bog'liq
Tekis richagli mexanizmlar

Mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasini va tuzilish formulasi.


Mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasini P.L.CHebeshev formulasi bilan hisoblaymiz;

bu yerda; n-qo’zg’aluvchi zvenolar soni
P5- 5 klass kinematikaviy juftlar soni
P4- 4 klass kinematikaviy juftlar soni
Bu mexanizmda hammasi bo’lib 5 ta qo’zg’aluvi zveno bor;
zveno 1-krivoship, zveno 2-tosh, zveno 3-kulisa, zveno 4-shatun, zveno 5-koromislo, ya’ni n5
V klass kinematikaviy juftlar soni P5 ni hisoblaymiz. Berilgan mexanizmda O1, O2 ,A,B,C nuqtalarida 5 ta aylanma kinematikaviy juft-sharnirlar va yo’naltiruvchi bilan polzun 5 va kulisa bilan tosh 2 ning qo’shilmasidan iborat ikkita ilgarilanma kinematikaviy juft bor, ya’ni V klass kinematikaviy juftlar soni P57. Mexanizm tarkibida IV klass kinematikaviy juftlar yo’q, ya’ni P40. u holda, mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasi

bo’ladi. Demak, mexanizmdagi barcha zvenolarning ma’lum xarakatini olish uchun bitta yetakchi zveno yetarli. Bu mexanizmda yetakchi zveno sifatida O1A krivoshipni qabul qilingan.
Mexanizmni Assur gruppalariga ajratamiz. Gruppalarga tarqatish asosan, yetakchi zvenodan eng uzoqda birlashgan gruppalarni ajratishdan boshlanadi. Mexanizmdan bitta Assur gruppasi ajratilgandan so’ng qolgan qismining qo’zg’aluvchanlik darajasi W=1 bo’lishi kerak.
Mexanizmda bitta yetakchi zveno qolguncha gruppalarni ajratamiz. Tekshirilayotgan mexanizmda 4-5 va 2-3 Assur gruppasi mavjud. Hamda qo’zg’aluvchpnlik darajasi 1 ga teng bo’lgan yetakchi zveno bor (2-shakl).
Mexanizmning tuzilish formulasi quyidagicha yoziladi:
I(1)-II(2.3)-II(4.5)

Mexanizmning kinematikasini tekshirish



Mexanizm nuqtalarining traektoriyasini aniqlash.


a) Yetakchi zvenoning bir marta to’la aylanishidagi 12 vaziyatini chizamiz (3-shakl, a). Buning uchun O1 markazdan O1A30 mm radius bilan A1 nuqtaning traektoriyasini bildiruvchi aylana chizamiz. Bu aylanani teng 12 qismga bo’lamiz va krivoshipning har 300 ga burilgan vaziyatini olamiz.
b) krivoshipning xar bir turish vaziyatining planini chizamiz.
v) A,B,C nuqtalarning belgilangan vaziyatlarini birlashtirib, ularning traektoriyalarini chizamiz.
g) BO2 zvenoning S3 nuqtasi vaziyatini kesmalar nisbatidan aniqlab, bu kesma uzunligini B nuqtadan BO2 zvenoda belgilaymiz;

Krivoshipning to’la aylanishida belgilangan nuqtalarni birlashtirib, S3 nuqtaning traektoriyasini olamiz(3-shakl, a).

d) BC zvenoning C4 nuqtasi vaziyatini kesmalar nisbatidan aniqlab, bu kesma uzunligini B nuqtadan BC zvenoda belgilaymiz;

Krivoshipning to’la aylanishida belgilangan nuqtalarni birlashtirib, S4 nuqtaning traektoriyasini olamiz(3-shakl, a).
e) CO3 zvenoning C5 nuqtasi vaziyatini kesmalar nisbatidan aniqlab, bu kesma uzunligini C nuqtadan CO3 zvenoda belgilaymiz;

Krivoshipning to’la aylanishida belgilangan nuqtalarni birlashtirib, S5 nuqtaning traektoriyasini olamiz(3-shakl, a).

Download 227.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling