Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja


Datchiklarning klassifikatsiyasi


Download 177.72 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi177.72 Kb.
#1227459
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №14 Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja

2. Datchiklarning klassifikatsiyasi.

Kirish (o`lchanadigan) kattalikka qarab datchiklar quyidagilarga bo`linadi:


-mexanik (chiziqli va burchakli) siljish datchiklari;
-pnevmatik datchiklar;
-elektrik datchiklar;
-tezlik datchiklari;
-tezlanish datchiklari;
-kuch datchiklari;
-sarf o`lchagichlar;
-sath o`lchagichlar
-temperatura datchiklari;
-bosim datchiklari va b.
Hozir sanoatda taxminan quyidagicha datchiklar soni mavjud:
-temperatura – 50 %;
-sarf (massali va hajmli) – 15 %;
-bosim – 10%;
-sath- 5 %;
-miqdor (massa, hajm) – 5 %;
-vaqt – 4 %;
- elektrik va magnitli kattaliklar – 4 % dan kam.
Ushbu datchiklar quyidagi 7 printsipni biri asosida ishlaydi.

  • optika printsipida ishlaydigan datchiklar;

  • magnitoelektrik printsipida ishlaydigan datchiklar (Xoll datchiklari);

  • p’ezoelektrik printsipida ishlaydigan datchiklar;

  • tenzo o’zgartirgichlar printsipida ishlaydigan datchiklar;

  • sig’imni aniqlash printsipida ishlaydigan datchiklar;

  • potentsiometrik printsipda ishlaydigan datchiklar;

  • induktivlik printsipida ishlaydigan datchiklar.



Datchiklar chiqish signallari bo`yicha quyidagilarga bo’ladi:
-analogli datchiklar, ya`ni kirish kattaligiga proportsional analogli signal ishlab chiquvchi signallar; analog signallar uzluksiz bo’ladi.
-raqamli datchiklar, impulslar ketma-ketligini ishlab chiquvchi datchiklar;
-binar (ikkitalik) datchiklar, faqat ikkita darajada signal ishlab chiquvchi datchiklar: “yoqilgan/o`chirilgan” (boshqacha qilib aytganda, 0 yoki 1).
Signallar simli yoki simsiz uzatilishi mumkin

Kirish signalini o`zgartiriladigan chiqish signaliga qarab noelektrik (1 va 2) va elektrik (3 va 4) datchiklarga bo`linadi:



  1. noelektrik kattalikni noelektrik signalga, masalan, bosimni membrananing qattiq markazi siljishiga;

kirish ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko’rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.) o’zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o’zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
2) elektrik kattalikni noelektrik signalga, masalan, tokni asbob strelkasining harakatiga;
3) elektrik kattalikni elektrik signalga, masalan, vaqt ichida o`zgarmaydigan (analog) signalni uzlukli (diskret, raqamli) signalga;
4) noelektrik kattalikni elektrik signalga, masalan, aktiv qarshilikli, induktivli, sig’imli, kuchlanishli, tokli, fazali, chastotali va h.k. datchiklar.
kirish mexanik ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko’rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Mexatronikada asosan elektrik datchiklar qo`llaniladi. Bu elektrik datchiklarning quyidagi xususiyatidan kelib chiqadi:
-elektrik signalni katta masofalarga uzatish qulay, bunda uzatish katta tezlik bilan amalga oshiriladi;
-elektrik kattaliklar universal hisoblanadi, shu ma`nodagi, har qanday kattalikni elektrik kattalikka va teskarisiga o`zgartirib bo`ladi;
-ular raqamli kodga aniq o`zgartira oladi va o`ta yuqori aniqlik, sezgirlik va tezharakatligi bilan ajralib turadi.
Elektrik datchiklar parametrik va generator o’zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo’linadi.

Download 177.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling