Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja


Datchiklarning texnik xususiyatlari


Download 177.72 Kb.
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi177.72 Kb.
#1227459
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №14 Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar Reja

3. Datchiklarning texnik xususiyatlari

Har qanday qurilma kabi datchikning ham ishlab chiqaruvchilar tomonida berilgan pasporti bo’ladi. Pasportda datchikning muhim xususiyatlari beriladi. Ulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.


Datchikning o’zgartirish funktsiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir.
Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko’rinishida yoki grafik ko’rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko’rinishida) beriladi.
Datchikning sezgirligi - bu kirish parametrining qiymati bir birlikka o’zgarganda chiqish signali qanchaga o’zgarishini ko’rsatuvchi qiymat. Masalan termopara uchun sezgirlik birligi mV/K. Ya’ni harorat bir gradus Kel’vinga o’zgarganda chiqish signali bir milliVol’tga o’zgaradi. Rostlanuvchi electromotor uchun sezgirlik birligi c-1/V. Ya’ni bir vol’t kuchlanish berilganda electromotor sekundiga nechchi marta aylanadi.
Datchikning o’lchash imkoniyati – bu datchikning o’lchash chegarasidir (diapazon). O’lchashning quyi va yuqori chegaralari mavjud. Masalan DT9205A multimetri o’zgaruvchan tokni 20 mA – 20A (mA – milliamper, A - amper) chegaralarda aniq o’lchaydi. Agar tok chegaradan chiqib ketsa mul’timetr noto’g’ri chiqish signali berishi mumkin. Yuqori chegaradan o’tsa u ishdan chiqishi ham mumkin.
Datchikning aniqliligi – bu datchik necha foiz aniqlikda ishlay olishini ko’rsatuvchi kattalik.


Xulosa
Men bu yoritkan mavzuyim bo’yicha quyidagilarni bilib oldim: Mexatronika tizimlarida hamma vaqt elektrmexanik qurilmalar mexanik konstruktiv elementlar bilan o`zaro ta`sirlashadi. Joriy holatni hisobga olgan holda tizim harakatlarini boshqarish uchun tizimni tashkil qilgan parametrlarni o`lchash kerak bo’lishini.
Parametrik datchiklarda chiqish ko’rsatkichini elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o’zaro induktivlik, elektr sig’imi va kabilar) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko’prikli, differensialli) ulash hamda allohida energiya manbasiga ega bo’lishi kerak ekanligi.
Datchikka ta’sir etuvchi parametrlar kirish parametrlari deb atalishini. Datchik kirish parametrlarini o’lchab ma’lumotlarni chiqish signali sifatida uzatilishi. Kirish parametrlarini o’lchash jarayoni datchikning sezgir elementlari orqali amalga oshiriladi.Tashqi muhit parametri ta’siri ostida datchikning sezgir elementini fizik xususiyati o’zgarishini bilib oldim va o’zimda xulosa chiqarib oldim.

1


2


Download 177.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling