Mexnat huquqi reja
Download 146.5 Kb.
|
Mehnat huquqi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mexnat huquqi tushunchasi vazifasi va subyektlari, ularning huquqlari.
Mexnat huquqi R E J A 1.Mexnat huquqi tushunchasi, vazifasi va subyektlari, ularning huquqlari. 2.Mexnat shartnomasi, uning bekor kilinish tartibi. 3.Ish vaqti, dam olish vaqti va ish xaki. Mexnat intizomi va mexnat muxofazasi. 5.Mexnat nizolari, ularni kurish tartibi. 1.Mexnat huquqi tushunchasi vazifasi va subyektlari, ularning huquqlari. O’zbekiston Respublikasida mexnatga oid munosabatlar mexnat tugrisidagi konun xujjatlari, jamoa kelishuvi va boshka normativ xujjatlar bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37-moddasida «xar bir shaxs mexnat kilish, erkin kasb tanlash, adolatli mexnat sharoitlarida ishlash va konunda kursatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir»1 deb tasdiklangan. O’zbekiston Respublikasining Konstitiusiyasidan kelib chikkan xolda O’zbekiston Respublikasining Mexnat Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kabul kilingan mexnat munosabatlarini tartibga soluvchi konunlar, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kabul kilingan farmonlar, farmoyishlar va Vazirlar Maxkamasining karorlari mexnat huquqi manbalaridan xisoblanib, mexnat huquqining eng muximlari ana shu xujjatlar bilan tartibga solinadi. Vazirliklar va idoralar tomonidan chikariladigan me’yoriy xarakterga ega bulgan, fukarolar va yuridik shaxlar uchun huquq va majburiyatlar yuzaga keltiruvchi me’yoriy xujjatlar belgilangan tartibda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan utkazilib, davlat ruyxatidan utkazilganidan keyingi yuridik kuchga kiradi. «Maxalliy davlat xokimiyati tugrisida»gi konunga muvofik tuman, shaxar, viloyat xokimliklari tomonidan uz vakolatlari doirasida kabul kilingan karorlar shu xududdagi barcha shaxslar uchun majburiy kuchga ega va maxalliy xokimyat organlari tomonidan mexnatni tashkil etish, muayyan sharoitlar belgilash va mexnat huquqining manbai sanaluvchi me’yoriy xujjatlar chikarishlari mumkin. (masalan, tashkilotlarning ish vaqtlarini belgilash). Mexnat huquqining vazifalari O’zbekiston Respublikasi mexnat kodekisida nazarda tutilgan bulib, unga kura: "Mexnat tugrisidagi konun xujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan xolda, mexnat bozorining samarali amal kilishini xakkoniy va xavfsiz mexnat shart-sharoitlarini , xodimlarning mexnat huquqlari va sogligi ximoya kilinishini ta’minlaydi, mexnat unimdorligining usishiga, ish sifati yaxshilanishga, shu asosida barcha axolining moddiy va madaniy turmush darajasini yuksalishiga kumaklashadi"2 deb anik kursatib berilgan. Mexnat jarayonidagi ishtimoiy munosabatlarida asosan: ikki tomon xodim va ish beruvchi ishtirok etadi. Xodim sifatida mexnat huquqi va muomila layokatiga ega bulgan, ya’ni muayyan yoshga yetgan, uzining jismoniy va akliy kobiliyatiga kura yollanib ishlashi mumkin bulgan fukaro subyekt bulib katnashadi. Mexnat munosabatlari subyekti sifatida ikkinchi tomondan ish beruvchilar, ya’ni fukarolarni ishga yollashga, ular mexnatini konun talablari asosida tashkil etishga, mexnatga xak tulashga layokatli bulgan tijorat , tijoratga alokasiz tashkilotlar muayyan xollarda ayrim fukarolar katnashadilar. Mexnat huquqining subyekti sifatida xodimlar vakillik organlari: kasaba uyushmalari, mexnat jamoalari, boshka organlar ishtirok etadilar va ularning huquqiy makomi tegishli konunlar bilan, xodimlar jamoasi berilgan vakolatlar bilan begilanadi. Ish beruvchilar vakillari xam mexnat huquqining sube’ktlaridan sanaladi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati tugrisida»gi konunga muvofik ish beruvchilar uz manfaatlarini ximoya kilishlik uchun turli ixtiyoriy uyushmalarga birlashishlari mumkin. Ish beruvchilar vakillik organlarining mexnat huquqi subyekti sifatidagi huquqiy xolati ularni tashkil etgan muassasalar bergan vakolatga, konun xujjatlariga kura belgilanadi. Kichik, urta va xususiy tadbirkorlik soxasida ish beruvchilar vakili sifatida faoliyat yuritish vakolati Uzbekison Respulikasi "Tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlik palatasi tugrisida"gi Konuniga kura ushbu palatalarga berilgan. Xorijiy sarmoyalar bulgan korxonalarning, xorijiy mamlakatlar fukarolarining mexnat huquqi sube’kti sifatidagi yuridik mavkeining uziga xos jixatlari tegishli konunlar va konun xujjatlari bilan belgilab kuyiladi. Belgilangan yoshga yetgan xamda ish beruvchi bilan mexnat shartnomasi tuzgan -O’zbekiston Respublikasi fukarolar; -chet el fukarolari; -fukaroligi bulmagan shaxslar mexnatga oid munosabatlarning subyektlari bulishi mumkin. 16 yoshga tulgan shaxs, agar ishga kabul kilinsa, demak mexnatga oid munosabatlarning subyekti bula oladi. O’zbekiston Respublikasi mexnat kodeksida mexnatga oid munosabatlarning subyektlari bulmish ish beruvchi va xodimning huquqlari berilgandir. 1.Ish beruvchining asosiy huquqlari kuyidagilardan iborat: -korxonani boshkarish va uz vakolatlari doirasida mustakil korxonalar kabul kilish; -konun xujjatlariga muvofik yakka tartibdagi mexnat shartnomalarini tuzish va bekor kilish; -mexnat shartnomasida shart kilib kursatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab kilish; -uz manfaatlarini ximoyalash uchun boshka ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bundan birlashmalarga a’zo bulishi xukuiga egadir3. 2.Xodimning asosiy mexnat huquqlari kuyidagicha ifodalangan: uz mexnat uchun konun xujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish xakkidan oz bulmagan mikdorda xak olish; muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini urnatish, bir kator kasblar va ishlar uchun ish kunini kiskartirish , xar xaftalik dam olish kunlari , bayram kunlari , shuningdek xak tulanadigan yillik ta’tillar berish orkali ta’minlanadigan dam olish; xafsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mexnat kilish; kasbga tayyorlash , kayta tayyorlash va malakasini oshirish ; ish bilan boglik xolda soglikka yoki mol-mulkka yetkazilgan zararning urnini koplash; kasaba uyushmalariga xamda xodimlar va mexnat jamoalarining manfatlarini ifoda etuvchi boshka tashkilotlariga birlashish; kariganda , mexnat kobilyatini yukotganda, bokuvchisidan maxrum bulganda va konunda nazarda tutilgan boshka xollarda ijtimoiy ta’minot olish ; uzinig mexnat huquqlarini ximoya kilish, shu jumladan, sud orkali ximoya kilish va malakali yuridik yordam olish ; jamoalarga doir mexnat nizolarida uz manfatlarini kuvvatlash huquqga egadir;4 Yukorida ta’kidlab utkanimizdek, mexnat jamoalari xam mexnat huquq subyekti bula oladi va mexnat munosabatlarida uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishi mumkin. Uzbekison Respublika Mexnat Kodekisining 19-moddasiga kura, u uz mexnati bilan korxona faoliyatida mexnat shartnomasi asosida ishirok etayotgan uning barcha xodimlari korxona mexnat jamoasini tashkil kiladi. «Kasaba uyushmasi kungilli jamoat tashkiloti bulib, xam ishlab chikarish, xam noishlab chikaruvchi soxalardagi faoliyati turiga kura uz a’zolarining mexnat va ijtimoiy-iktisodiy huquqlarini xamda manfaatlarini ximoya kilish uchun mushtarak manfaatlar bilan boglangan mexnatkashlarni birlashtiradi ».5 Mamlakat iktisodiyotini rivojlantirish, ishtimoiy-siyosiy barkarorlikni ta’minlanshda mexnat munosabatlari ishtirokchilari urtasida uzaro samarali xamkorlikni yulga kuyilishi muxim axamiyatga ega. Bunday xamkorlik kilinishi xodimlar manfaatlariga xam, ish beruvchi manfaatlariga xam tula muvofik keladi. Ish beruvchilar va xodimlar jamoasi urtasidagi xamkorlikning asosiy shakllaridan biri jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari tuzilishi, ularning ijro etilishini ta’minlanishidan iboratdir. Jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar jamoasi urtasidagi mexnatga oid ijtimoiy - iktisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi kelishuvga ega bulgan ichki xujjatdir. O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksida jamoa shartnomasini tuzish tartibi, ijro etilishi, bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash tartiblari va shakillari, uning talablari bajarilmaganligi uchun javobgarlik masalalari belgilangan. Jamoa shartnomasi tushunchasi, vazifalari, axamiyatga taalukli masalalar Mexnat kodeksida «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari tugrisida »gi Konunlar va boshka koidalarda bayon etilgan. Mulkchilik shaklidan ka’tiy nazari barcha korxonalarda jamoa shartnomasi tuzish va uni bajarilishini ta’minlash ijtimoiy adolatni karor toptirishda katta axamiyatga ega. Jamoa kelishuvi - muayan kasb , tarmok , xudud xodimlari uchun mexnat shartnomalari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni uz ichiga oluvchi xodimlar vakillik organlari bilan ish beruvchi vakillari urtasidagi bitim, ichki me’yoriy xujjatdir. Jamoa kelishuvining bosh kelishuv, tarmoklararo kelishuv, xududiy kelishuv turlari mavjud. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling