Me’yor tushunchasi
O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari
Download 95 Kb.
|
академик ёзув
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Uslub turlari haqida ma’lumot
3.O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari
O’zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Leksik-semantik me’yor. Talaffuz (orfoepik) me’yori. Yozuv (grafika) me’yori. Fonetik me’yor. Aksentologik (urg’uni to’g’ri qo’llash) me’yor. Grammmatik (morfologik va sintaktik) me’yor. So’z yasalish me’yor. Imloviy me’yor. Uslubiy me’yor. Punktuasion me’yor. Adabiy me’yorning og’azki va yozma ko’rinishlari mavjud bo’lib, og’zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago’y xalq shoir-baxshilari katta hissa qo’shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o’rganish yangi hodisa emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olingaga qadar ham o’rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanishi, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari – nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi. 4.Uslub turlari haqida ma’lumot Uslub arabcha so‘z bo‘lib, tartib, sistema demakdir. O‘zbek tilida bu so‘z ma’nosining qamrovi asliga nisbatan bir qadar kengroq bo‘lib, “biror faoliyatni bajarishdagi, boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l” yoki “biror narsa yoki hodisa uchun xos bo‘lgan xususiyatlar” kabi ma’nolari ham mavjud. Tilshunoslikda “uslub” atamasi zamirida tilning alohida ma’no anglatish va ifodalash maqsadlariga xizmat qiluvchi fonetik, leksik, sintaktik va frazeologik vositalari tushuniladi. Stilistika fikr va emotsiyalarni bildirishda tilning turli vositalaridan saylab foydalanish yo’llarini o’rgatadi. Demak, stil fikr va hodisalarni shunga mos vositalar orqali ifodalash yo’lidir. Stilistika so’zi yunoncha stylos (uchi o’tkir qilingan tuyoqcha) so’zidan yasalgan. Grek mirzo (hattot)lari shu stilos-maxsus tayoqcha bilan sirti mum bilan qoplangan taxtachalarga xat yozganlar. Bu tayoqcha ma`qul bo’lmagan ifodalarni o’chirib, yangisini-yaxshisini yozish imkonini bergan. Stil so’zining arabchadan o’zlashgan sinonimi uslubdir. Qadimgi greklarda hattotlar suyakdan yasalgan uchli tayoqcha yordamida sirli mum bilan qoplangan shoxchalarga xat yozganlar. Bu tayoqcha ma`qul bo’lmagan ayrim ifodalarni o’chirib tashlab, o’rniga yaxshirog’ini yozishga imkoniyat bergan. Anashu tayoqcha «stilos» deb atalgan stilos so’zi ish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nutqimizda uning arabchadan o’zlashgan sinonimi «uslub» so’zi qo’llanadi. Uslub so’zi o’zbek tilida quyidagi ma`no va tushunchalarni ifodalaydi: Biror yozuvchi yoki badiiy asarlarning til xususiyatlarini o’rganuvchi soha: Oybek uslubi «Navoiy» romanining tili va uslibi. San`atkor ijodining yoki ma`lum davr san`ati va adabiyotining o’ziga xos belgilari, xususiyatlari yig’indisi, doston uslubi, romantik uslub. Sintaksis va umuman adabiy til normalariga mos nutq ko’rilishi: Sodda, ravon uslub; dag’al, g’aliz uslub; Ish-harakat, faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari: rahbarlik uslubi, suvda suzish uslubi, gapirish uslubi. Uslub - so’zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. Shu yo’l bilan ayni bir jumlada qo’shimcha sub’ektiv (modal) mazmun ham ifodalanadi. Nutq uslublari besh xil: so’zlashuv, rasmiy, ilmiy, ommaviy, badiiy uslub. Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling