Me’yor tushunchasi


Taklifnoma. Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot taklifnoma


Download 0.62 Mb.
bet24/55
Sana29.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1140360
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
akademik yozuv uchun

Taklifnoma. Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot taklifnoma deyiladi.
Taklifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. Nomi (Taklifnoma).

  2. Matn:

    1. taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;

    2. taklif qiluvchi muassasaning nomi;

    3. qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.

  1. Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti.

  2. O‘tkazilish joyi.

  3. Tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi.

Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin.
Ma’lum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yo‘llanadigan xat turlari taklif xatlari deyiladi. Taklif xat matnida ma’lum bir yig‘ilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aniq ko‘rsatiladi.
Ba’zi taklif xatlarida imkon boricha badiiy tus beriladi: mutafakkirlarning chiroyli so‘zlaridan istilohlar keltiriladi, turli shiorlardan, she’rlardan foydalaniladi.
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.

Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berilishi haqida ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor bo‘lgach, qabul qiluvchi ulguradigan sur’atda yetkazuvchi tomonidan yozdirilishi lozim. Matnning to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, yetkazuvchining ism-familiyasi, lavozimini qayd etadi. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi haqida shunday ma’lumotlarni yozib qo‘yishi lozim.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling