Me’yor tushunchasi


So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari


Download 338 Kb.
bet8/9
Sana15.06.2023
Hajmi338 Kb.
#1486565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu.сиртки таъл.1-сем.

So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari
Bu uslub xamma uchun umumiy va til vositalarini saylab ishlatishda erkindir. Bu uslubda metaforik so’zlar, dialetzmrlar, vul`garizm va frazeologik iboralar ko’proq ishlatiladi. Turli ekstralingvistik faktor –qo’l, bosh, badan harakatlari mimikalar so’zlashuv nutqi uslubiga xosdir.
So’zlovchi yoki yozuvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadi va vazifasi, voqiylik va nutq sharoitiga qarab til vositalarini tanlab ishlatadi. Jumladan ma`lum bir soxa vakili bo’lgan olim o’z ilmiy nutqida shu soxaga xos atamalarni tanlab ishlatsa, shoir yoki yozuvchi badiy estetik ma`noli so’zlarni topib ishlatishga harakat qiladi, ya`ni bir voqiylik mazmuni turlicha shakllarda ifoda qilinadi. Chunonchi:
- Quyosh Sharqdan chiqib, G’arbga botadi (ilmiy uslub)
- Quyosh Sharq yoqasidan zar kokilini tarab G’arb ufqiga bosh qo’yadi (badiiy uslub).
So‘zlashuv uslubi uchun xos bo‘lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik xarakterda ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar:
1) uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaniladi: do‘ndiq, vaysamoq, bashara kabi;
2) nutq jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatiladi: matbachi ( matbaachi) mazza (maza), haqqi (haqi) kabi;
3) izohlovchilardan ko‘proq foydalaniladi: Salima opa, Toshpo‘lat do‘xtir kabi;
4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so‘zlar ko‘p uchraydi: jonim chiqdi, boshi ochiq,... kabi;
5) so‘zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho‘zish: ka-a-atta, huv-v-v kabi;
6) gap bo‘laklarining tartibi erkin bo‘ladi, to‘liqsiz gaplardan, undalmali gaplardan foydalaniladi.
So‘zlashuv uslubida hamda badiiy uslubda fonetik vositalardan ko‘proq foydalaniladi. Fonetik vositalar deganda ba’zi nutq tovushlari, urg‘u, ohang va ularning nutqiy ta’sirchanligi tushuniladi.
So‘zdagi unlilarning cho‘zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta’kid, kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ ma’nolarni ifodalaydi. Chunonchi, Qorako‘z opaaa, sizga xaaat! Katta konvertda xaaat!!! (N.Qobul) Undoshlarni ikkilantirish kuchli hayajonni, qo‘rquv yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo‘la qoling, ssovqotib ketdim-ku! (M.Ismoiliy)




Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling