“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


 Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
“Meyorlashtirish asoslari” fani o’z mazmuni mohiyatiga ko’ra juda ko’p qirrali 
va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining ko’pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur 
fanning predmeti, ob’yekti, maqsadi, funksiyalari, o’rganish usullari va moddiy 
boyliklarni yaratishga xo’jalik rahbarligi jarayoni yuzaga keladigan vazifalar 
tarkibi bilan belgilanadi va kursning dasturida to’la aks ettirilgan. 
Bu fan bir qator fanlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning yutuqlaridan keng 
foydalanadi. Jumladan, iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, 
huquqshunoslik, sanoat iqtisodiyoti, statistika, buxgalteriya hisobi va xo’jalik 
faoliyatini tashkil etish, texnologiya fanlari bu kursni o’rganishda yordamga 
keladilar. 
“Meyorlashtirish asoslari” fani eng avvalo iqtisodiy nazariya va sanoat 
iqtisodiyoti fanlari rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning yetuklik darajasi 
umumiy va xususiy iqtisodiy nazariyaning naqadar rivojlanganligiga bog’liq. 
Bu fan texnika fanlari bilan ham bog’liqdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani 
texnika va texnologiyani bevosita o’rganmasa-da, uning iqtisodiyotga ta’sirini
chetlab o’tolmaydi, aksincha, texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar, 
energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini qisqartirish, ishlatish 
jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, mahsulot sifatini 
oshirishga erishish orqali muxandislik-iqtisodiyoti nuqtai nazardan ko’rib chiqadi. 
Mexanika shakliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va 
texnikaviy ekspluatasiya qilish masalalarini o’rganadi. Ishlab chiqarishni tashkil 
etish fani mehnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o’zaro 
bog’liqlikda ko’rib chiqadi, mashina va apparatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yish va 



ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot olishni ko’paytirish, 
sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta’minlaydi. 
“Meyorlashtirish asoslari” fani iqtisodiy kibernetika va informatika fani bilan 
bevosita bog’liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta’minotini, ishlab chiqarishni 
modellar yordamida ifodalash va tasvirlash masalalarini, sistemaning tashqi muhit 
bilan aloqasini , axborot oqimlarining paydo bo’lish qonuniyatlarini aniqlab berish 
orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi 
hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik 
masalaga talab o’smoqda. Shu sababli korxonalarda ishlab chiqarish jamoasini 
vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya, 
pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim. 
Shunday qilib bu fan juda ko’p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular 
bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o’rganadi. Ayni vaqtda 
korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini va usullarini ishlab chiqadi, 
ishlab chiqarish jarayonlarining batartibligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni 
muntazam bajarishga intiladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling