“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


 Me’yor va normativlarga qo’yiladigan talablar


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

2.3. Me’yor va normativlarga qo’yiladigan talablar . 
Me’yor va normagivlar o’lchov va chegaralash funktsiyasi bilan bir qatorda 
hisob, nazorat va tartibga solish funktsnyalarini ham bajaradi. Ular ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan 
solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, 
erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash asosi bo’lib hisoblanadi. Me’yor va 
normativlarga quyidagi talablarq o’yiladi: 

ilg’orlik, ya’ni normativ ko’rsatkichlarni ishlab chiqishda yangi texnikani 
joriyetish, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etishni takomillashtirish 
tadbirlarini e’tiborga olish zarur. 


17 

asoslanganlik, ya’ni aniq ishlab chiqarish sharoitida qo’llash uchun real bo’lishi 
zarur

komplekslilik, ya’ni korxonada barcha turdagi rejaviy hisoblarni amalga 
oshirish asosi bo’lishi. 

normativ ma’lumotlarni saqlash, ya ngilash va aniqlashning yagona 
tamoyillariga asoslangan bo’lishi. 
Korxonada barcha me’yorlarni qanday joriy etilayotganligini nazorat qilib 
boriladi. Mer’yorlashtirish bilan bog’liq ishlar korxona ishlab chiqarish quvvatiga, 
ishlab chiqarish tarkibiga va ishlab chiqarish harakteriga bog‘liq vazifalarga asosan 
olib boriladi. Sexlarning ishlab chiqarish bo‘limlarida mehnatni me’yorlash ning 
operativ ishlari sex normalovchilari tomonidan bajariladi. Uchastka, sex va boshqa 
ishlab chiqarish bo‘limlarida resurslar va mehnatni me’yorlash holatini tekshirish, 
ularni tahlil qilish va natijalarni solishtirish ishlari olib boriladi. Korxonadagi 
barcha mehnatni me’yorlash ishlarini operativ normalashga bog‘liq ishlarga va 
normativ tekshirish ishlarga bo‘lish mumkin.
Normativ tekshirish korxonani istiqbolli rivojlanishiga bog‘liq ko‘pgina 
savollarning yechimini o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga quyidagi savollarni kiritish 
mumkin: 
1. Resurslarni normalash qobig‘ini kengaytirish. Hozirgi vaqtda asosan 
asosiy ishbay ishchi mehnati normalashtirilmoqda.Bu toifa ishchilarni mehnat 
me’yorini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘llash, har bir ishchining «har 
birining qobiliyatiga qarab ,har birini mehnatiga qarab » prinsipi asosida ishlab 
chiqarishga qo‘shgan mehnatini ob’yektiv bahosiga bog‘liq holda olib boriladi; 
2. Resurslar me’yorlarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasini o‘zaro 
birligini ta’minlash. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish va uni yuqori ishlab 
chiqaruvchi texnika bilan ta’minlashni aktiv jarayoni , mehnat operatsiyalarini 
harakteri va tarkibiga hamda ularni bajarishga ketadigan vaqtni tekshirishga 
yaratilgan ishlab chiqarish sharoiti ta’sirini doimo o‘rganib borishga majbur etadi. 
Bu ishni bajarish mehnat sig‘imini kamaytirish zahiralarini topishga, ratsional 
texnologik jarayonlarni loyihalashga mukammal texnikani, texnologiyani, mehnat 


18 
va ishlab chiqarishni tashkil etishni e’tiborga olgan holda asoslangan mehnat 
me’yorlarini ishlab chiqishga imkon yaratadi; 
3. Ilg‘or mehnat shakllarini, ilg‘or ishchilar ishining eng yaxshi usul va 
uslublarini o‘rganish va aloqada bo‘lish. Ilg‘or tajribani keng qo‘llas h ishchilarni 
ratsional mehnat usullarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib berish, ko‘pchilik 
ishchilarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshirishga va shu bilan birga yanada 
asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatini yaratadi; 
4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni 
almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik tadbirlar rejasini ishlab 
chiqish; 
5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat 
unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling