Mezadermadan hosil bo'ladigan organlar ularning rivojlanishidagi o‘zgarishlar
Mezoderaiaian hosil boiadigan organlar
Download 89.5 Kb.
|
MEZADERMADAN HOSIL BO\'LADIGAN ORGANLAR ULARNING RIVOJLANISHIDAGI O‘ZGARISHLAR
Mezoderaiaian hosil boiadigan organlar
Mezodermadan skelet muskulllari, ichki organlar muskullari, qon tomirlari, suyaklar, tog'aylar, qon hosil qiluvchi a'zolar, jinsiy sistema to'qimalari, ichki organlarning bir qismi paydo bo'ladi Xorda va neiv nayiga yaqin joylashgan mezodenna hujayralari kattalashadi va differensiallashib, metamer joylashgan segmentlarga - somitlarga aylanadi. Somitlar hosil bo'lishi dastlab bosh tomonda, keyin dum tomonda sodir bo'ladi. 5 haftahk odam embrionida 43-44 juft somit hosil bo'ladi. Ba'zi hayvonlarda (jumladan, lansetnikda) somitni hosil qiladigan mezodernial hujayralarning o'rtasidaqalindevorlibo'shliq hosil bo'ladi. Somitlardagistologik o'zgarishlar sodir bo'lib, markazdan yon tomonlarga qarab joylashadi. Mezoderma somitlarining davomi tolali hujayradan iborat bo'lib, somitlarga bo'linmaydi. Bu chetki qismlar splanxnotom, chetki plastinka yoki lateral mezoderma plastinkasi deb ataladi. Uning ichida tana bo'shlig'i hosil bo'ladi. Shunday qilib, chetki mezoderma hujayralari ikki qavatga: tashqi - parietal yoki somatoplevra, ichki - visseral yoki splanxnoplevraga bo'linadi. Somatoplevra grekcha soma - tana, pleura -chet, chetki devor, splanxnoplevra - splanchnon - ichki degan ma'noni bildiradi. Selom epiteliysi har ikkala qavatdan hosil bo'ladi. Somitlarning hujayralari har xil organlar va organlar sistemasining hosil bo'lishida qatnashadi. Somitning teri ektodermasiga yopishib turgan tashqi qismidan terming biriktiruvchi to'qimasi hosil bo'ladi va dermatom deb ataladi, o'rta qismidan gavdaning ko'ndalang - yo'lli muskullari, ichki somitlardan esa sklerotom (grekcha scleras - qattiq, skelet, tomos - bo'lak), ya'ni tog'ay va suyaklar hosil bo'ladi. Splanxnotomning bir qismidan nefrotom hosil bo'lib, undan ayiruv sistemasi rivojlanadi. Nefrotomlar somitlarni mezodermaning lateral qavati bilan bog'laydi. Ichaklarning silliq muskuli mezodermaning visseral qavatidan, qon tomirlari muskuli visseral va parietal qavatdan, yurak muskuli visseral qavatdan, skelet muskullari miotomdan hosil bo'ladi. O'q skeletning rivojlanisht. Bunda eng muhimi xordaning paydo bo'lishidir. Undan keyin tog'ay tuzilmalari rivojlanadi va u to'garak og'izlilar hamda tog'ayli baliqlar uchun doimiydir. Ko'pchilik umurtqalilar rivojlanishining keying! bosqichlarida tog'ay suyak bilan almashinadi. O'q skelet sklerotomdan rivojlanadi. Sklerotom somitlari mezenxima hujayralaridan paydo bo'ladi. Sklerotom mezenximasi rivojianayotgan orqa miyaning atrofini o'rab olib, umurtqa prog'onasini hosil qiladi. Tog'ayli qovurg'alar umurtqalar bilan bog'liq bo'lmagan holda rivojlanib, ko'krak qafasini hosil qiladi. Bosh suyaMarining hosil bo'lishi murakkab bo'lib, xordaning yuqori qismidan paydo bo'ladi. Dastlab bosh miyani o'rab turadigan biriktiruvchi to'qima hamda eshitish, ko'rish va hid bilish oiganlari rivojlanadi. Bosh suyaklari dastlab tog'aydan iborat bo'lib, keyin u suyakka aylanadi. Umurtqalilar embrionining dastlabki bosqichlarida boshning tog'aylari bir necha bo'laklardan, ya'ni trabekuldan, paraxordal tog'ay va eshitish, kp'rish, hid bilish organlari atrofidagi tog'ay kapsula bo'laklaridan iborat bo'ladi. Trabekul ganglioz plastinkadan, tog'ay kapsulalar mezenximadan paydo bo'ladi. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling