Mezadermadan hosil bo'ladigan organlar ularning rivojlanishidagi o‘zgarishlar


Download 89.5 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1303987
1   2   3   4   5
Bog'liq
MEZADERMADAN HOSIL BO\'LADIGAN ORGANLAR ULARNING RIVOJLANISHIDAGI O‘ZGARISHLAR

Orqa miya va periferik nerv sistemasining rivojlanishi. Orqa miyaning rivojlanishi davrida uning devorining hujayralari ikki yo'nalishda


differensiasiyalashadi: biridan neyrogliya (miya nerv hujayralarini oziqlantiruvchi), ikkinchisidan nerv hujayralari hosil bo'ladi. Neyrogliya nerv hujayralarining atrofida joylashadi. Neyroblastdan hosil bo'ladigan hujayralarning tanasi orqa miyaning kulrang (ichki) moddasini, nerv tolalari esa uning oq (tashqi) moddasini hosil qiladi.
Rivojlanayotgan bosh miya nervlarini 3 guruhga bo'lish mumkin: r 1. Sezuvchi nervlar, ulardan uch shoxli nervning hidlash, eshitish va ko'rish tarmoqlari hosil bo'ladi.
2. Harakatlantiruvchi nervlar, bularga ko'zni harakatlantiruvchi muskul nervi va taktil nervlari misol bo'ladi.
3. Axalash nervlar, bular bosh miyaning harakatlantiruvchi nerv tolalari va sezuvchi nervning tugunlaridan paydo bo'ladi.

Ikki kuniik tovuq embrionida bosh miyaning rivojlanishi (B.Petten, 1944 bo'yicha).
1-oldingi miya; 2-o'rta miya; 3-ko'z xaltasi; 4-orqa miya.
Ko'zning rivojlanishi. Hayvonlar ko'zining rivojlanishi amfibiyalar misolida o'rganilgan. Embrion rivojlanishi davrida ko'z dastlab oraliq miya devorining qatlamlanishi tufayh ko'z pufagi sifatida paydo bo'ladi. V. I. Balinskiy (1958) fikricha, baqada ko'z pufagi oldingi miyaning 10-
50% ini tashkil etadi. Suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarning embrion rivojlanishi davrida ko'z hajmi amfibiyalar ko'ziga nisbatan yirikroq bo'ladi, sut emizuvchilarda esa unchalik katta bo'Imaydi. Ko'z pufagi rivojlanishi bilan bosh miyaga ko'z poyachasi birlashib turadi.
Ko'z pufaginittg kattalushuvi bilan unda murakkab morfologik o'zgarishlar sodir bo'ladi. Uning tashqi yuzasi qayrilib, ikki qavatli ko'z bokalini hosil qiladi. Ichki qavati to'r qavatga, tashqisi pigmentli qavatga aylanadi. Ko'z olmasining bo'shlig'i shishasimon tana bilan to'lib, ko'zning orqa kamerasini hosil qiladi. Ammo shishasimon tanachaning hosil bo'lishida mezoderma hujayralari ham qatnashadi.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling