Microsoft excel dasturida ishlash


Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi


Download 188 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi188 Kb.
#224382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter taminoti

Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi.
Har bir menyu vazifalarining tavsifi:

- "Fayl" menyusi - hujjatlarni hosil qilish, ochish, saqlash va chop etish, Excel dan chiqish;

- "Taxrir" menyusi - diapazondan voz kechish, o`chirish, nusxa olish, joylash, izlash, almashtirish buyruqlari;

- "Ko`rinish" menyusi - hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash;

- "O`rnatish" menyusi - hujjatga katakchalar, varaqlar, grafik tasvirlar va diagrammalar joylash;

- "Format" menyusi- ajratilgan obyektning tashqi ko`rinishini o`zgartirish;

- "Servis" menyusi - Excel vositasi parametlarini o`zgartirish, berilgan hujjatlarning bog`lanish tahlili;

- "Ma`lumotlar" menyusi - varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish buyruqlari;

- "Oyna" menyusi - ochiq hujjatlar oynalarini tartiblash va oynaga hujjatni ko`chirish;

- "?" menyusi - Excel dasturi bilan ishlash xaqidagi ma`lumotlarni olish;

- standart uskunalar paneli - Excel ning ko`pchilik eng muhim uskunalarini o`z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunani yuklash uskuna belgisida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi;

- formatlash uskunalari paneli - bunda o`lchamni belgilovchi shrift stilini o`zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan tashkil topgan.

Panellar sonini o`zgartirish mumkinligini eslatib o`ting:

-formulalar satri - ekranda ajratib olingan katakchada mavjud ma`lumotni chiqarish;

- hujjatning ishchi varag`i - ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar to`plami;

- hujjat varaqlarining qismlarini ishchi varaqlar orasiga ko`chirish;

- satr va ustunlar sarlavhasi - ishchi varaqlarining ajratilgan ustun va satrlari sarlavhasini chiqaradi;

- vaziyat paneli - ekranning eng pastki yo`lagi bo`lib, joriy joyni ko`rsatib turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma`lumot hosil bo`ladi.

Shu bilan birgalikda, ish joyida vertikal yo`laklar mavjud bo`lib, ishchi varag`i ustida siljitish uchun hizmat qiladi. Bu yo`lakda "yugurdak" joylashtirilgan, vertikal yo`lakda u hujjatning yuqori - pastki qismiga ko`chirish va ishchi varag`ining qaysi qismida ishlab turganingizni aniqlash uchun xizmat qiladi. Microsoft Excel fayli ishchi kitobi deyiladi. Excel yuklangach, avtomatik ravishda yangi ishchi kitobi hosil bo`ladi. Agar Excel yuklangan bo`lsa, u holda uskunalar panelidagi mos keluvchi ishchi kitob hosil qilish tugmasi yoki CtrlҚN tugmalari birgalikda bosiladi. Agar avval hosil qilingan ishchi kitobini ochish kerak bo`lsa, uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki (CTRLҚO) tugmalari birgalikda bosiladi va fayllar ro`yxatidan keraklisini tanlab, OK ni bosish kerak.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling